18.11.2025
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan tabriklaymiz!
Bugun yurtimiz uchun muhim sana — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunni nishonlamoqdamiz!
Davlat bayrog‘imiz mamlakatimizning barcha yutuq va zafarlarida hamroh bo‘lib, xalqimizning g‘ururi va sha’nini butun dunyoga namoyon etadi. Bu ulug‘ timsol — tariximizning guvohi, birligimizning ramzi va taraqqiyot sari undovchi kuchdir.
Bayrog‘imizdagi rang va belgilarda uyg‘unlik, tinchlik, barqarorlik, kuch-qudrat, ulug‘lik va ishonchlilik kabi xalqimizga xos bebaho qadriyatlar o‘z aksini topgan.
Yurtimiz bayrog‘i mustaqil O‘zbekistonning yorqin kelajagini ifodalar ekan, doimo osmonimizda baland hilpirab tursin!
Hurmat bilan, Octobank.