Telegramda bayramona tuzoq: ehtiyot bo‘ling!
Yangi yil arafasida Telegram orqali firibgarlar tomonidan “bayramona” xabarlar va sovg‘alar haqidagi bildirishnomalar tarqatilmoqda.
Bir qarashda bezarar ko‘rinadi: tabriknomalar, “Qarang, qanday chiroyli!” degan yozuvli GIF’lar, “Yangi yil bilan!” degan tabrik videolari. Biroq ular ortida viruslar yoki fishing havolalari yashiringan bo‘lishi mumkin.
❗️Rasm yoki video o‘rnida yashirin fayl (.apk, .exe, .pptx) bo‘lishi ehtimoli bor. Uni ochganingizda qurilmangizga zararli dastur o‘rnatiladi va buzg‘unchilar bank kartalari ma’lumotlari, akkauntlar hamda boshqa shaxsiy ma’lumotlarga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
E'tiborli bo‘ling va yangi yil tabriklaringiz faqat quvonch va iliqlik olib kelsin!