"Octobank" va "Humans" o‘rtasidagi nizo bo‘yicha sudning hal qiluv qarori qabul qilindi
2025-yil 13-iyun kuni Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida "Octobank" AJ va "Humans" MCHJ o‘rtasidagi iqtisodiy ish bo‘yicha hal qiluv qarori e’lon qilindi. Sud hujjatiga muvofiq, "Humans" MCHJning zimmasiga bank oldidagi qarzdorlikni qoplash majburiyati yuklatildi.
"Octobank" AJ ushbu hal qiluv qarorini o‘zining qonuniy huquqlarini himoya qilish yo‘lida muhim qadam deb biladi va barcha hamkorlar bilan shaffof, adolatli munosabatlarni davom ettirishga tayyorligini tasdiqlaydi.
Eslatib o‘tish lozimki, 2025-yil 13-iyun soat 18:00dan boshlab kliring va "HUMANS" moliyaviy xizmati doirasida chiqarilgan kartalar bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish to‘liq to‘xtatilganini ma’lum qilamiz.