24.06.2025

Savdo, fintex va «yashil» loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

Octobank Markaziy Osiyoning kam sonli vakillaridan biri sifatida - China International Financial Exhibition xalqaro moliyaviy ko‘rgazmasi ishtirokchisiga aylandi. 18-20-iyun kunlari Octobank stendi oldida fintex kompaniyalari, tolov tizimlari va yetakchi xalqaro banklar vakillari bilan mazmunli muzokaralar o‘tkazildi. Asosiy e’tibor xalqaro hisob-kitoblar, raqamli infratuzilmani rivojlantirish va tashqi iqtisodiy faoliyatni qollab-quvvatlash sohasidagi loyihalarga qaratildi.

CIPS rahbariyati bilan uchrashuv

Tadbir doirasida Octobank Boshqaruvi raisi Iskandar Tursunov va CIPS (Cross-Border Interbank Payment System) xalqaro tolov tizimi rahbari janob Xuan Fu ortasida uchrashuv bolib otdi. Tomonlar Markaziy Osiyo uchun yuandagi tolov infratuzilmasini rivojlantirish, mintaqaviy korxonalarni CIPS tizimiga bevosita ulash istiqbollari va kelgusidagi hamkorlikni muhokama qildilar. Muzokaralar yakunida navbatdagi uchrashuvni Ozbekistonda o‘tkazishga kelishib olindi.

«Xitoy — Ozbekistonning asosiy tashqi iqtisodiy hamkorlaridan biridir. Biz Ozbekiston-Xitoy savdo aylanmasi doirasida chegaralararo tolovlar, raqamli infratuzilma va tadbirkorlikni qollab-quvvatlash yonalishlarini rivojlantirishga intilmoqdamiz. Hamkorlik loyihalari va tajriba almashish uchun ochiqmiz», — dedi Iskandar Tursunov.



Bankning ishbilarmonlik sessiyasidagi taqdimoti va Xitoy ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusi

Bank vakili Li xonim biznes sessiya ishtirokchilarini Octobank faoliyati va yutuqlari bilan tanishtirdi. Taqdimotda 2025-yilning I choragidagi ishlar sarhisob qilinib, asosiy rivojlanish yonalishlari korsatib otildi. Xususan, yilning dastlabki uch oyida bank 8,4 mln dollar sof foyda ko‘rdi, umumiy kapitalini 67,6 mln dollargacha oshirdi va rentabellik darajasi 49,7%ni tashkil etdi. Bank aktivlari 315,1 mln dollarga yetdi. Octobank brendi 30 mln dollarga baholangan va uning barqarorligi Moody’s va S&P xalqaro agentliklari tomonidan tasdiqlangan.



Bundan tashqari, Li xonim Xitoyning yirik ommaviy axborot vositalari — CCTV, Xinhua News Agency, Shanghai TV, Finance, Securities Daily va boshqalarga oz sharhlarini berdi. U Octobankning Xitoy va Markaziy Osiyo ortasidagi savdoni rivojlantirish, yuan hisob-kitoblarini kengaytirish, texnologik hamkorlik va ekologik loyihalarda ishtirok etishga strategik sodiqligini ta’kidlab otdi.



Octobank Xitoyning bir qator yirik ishtirokchi banklari Bank of China, China Merchants Bank, Bank of Ningbo, China Postal Savings Bank, China Zheshang Bank, Bank of Xinjiang, Bank of Jiangsu, Zhejiang Chouzhou Commercial Bank shuningdek, xalqaro ishtirokchilar: Aktif Bank ((Turkiya), African Export-Import Bank, Standard Bank (JAR), HSBC (Buyuk Britaniya), Bangkok Bank (Tailand), TransBank (Mo‘g‘uliston), Bank Mandiri (Indoneziya) bilan quyidagi qoshma loyihalar boyicha muzokaralar olib bordi:

  •  Markaziy Osiyo texnologik innovatsiyalar jamgarmasini tashkil etish;

  • Shamol energetikasi loyihasini moliyalashtirish uchun panda-obligatsiyalarini chiqarish;

  • Ant Chain bilan eksport boyicha raqamli hisob-kitoblar uchun blokcheyn platformasini birgalikda ishlab chiqish;

  • CIPS interfeysini rus va ozbek tillarida mahalliylashtirish.


    CIPS tizimi haqida

CIPS (Cross-Border Interbank Payment System) — Xitoy Xalq banki tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro transchegaraviy tolovlar tizimi. U mamlakatlar ortasida bevosita yuan hisob-kitoblarini korrespondent banklar ishtirokisiz amalga oshirish imkonini beradi. Bugungi kunda CIPS 180 + mamlakatdan 170 dan ortiq bevosita va 1500 dan ortiq bilvosita ishtirokchilarni birlashtiradi.

Octobank CIPS tizimini Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari ortasidagi iqtisodiy aloqalarni kuchaytirish strategiyasi doirasidagi asosiy vositalardan biri sifatida baholaydi.

Поделитесь