Visa Excellence Cup 2025: Visa mukofotlari Octobankning elektron to‘lovlar bo‘yicha yetakchiligini tasdiqladi
Octobank bu yil Visa xalqaro to‘lov tizimining ikkita nufuzli mukofotiga sazovor bo‘ldi: "Elektron tijoratdagi eng yaxshi ekvayer bank" va "Kriptokartalarni ishga tushirgani uchun" nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib deb topildi. Taqdirlash 10-dekabr kuni Visa Excellence Cup 2025 tadbirida bo‘lib o‘tdi.
Best E-com Acquirer mukofoti Octobankning elektron tijorat sohasidagi yetakchi bank sifatidagi maqomini yana bir bor tasdiqladi. Octobank ekvayering — O‘zbekiston bo‘ylab 15 000 dan ortiq kompaniyalarning tanlovi. Bank xizmatlari biznesni kengaytirish, onlayn savdoni hajmini oshirish va yangi bozorlarga chiqishga yordam beradi, to‘lovlarning qulayligi va xavfsizligini ta’minlaydi.
Ikkinchi mukofot Crypto-Linked Card Launch bankka kriptokartalarni muvaffaqiyatli ishga tushirgani uchun taqdim etildi. Innovatsion yechimlarni kundalik moliya tizimiga joriy etish, to‘lovlarni osonlashtirish va mijozlarning raqamli aktivlariga kirishni ta’minlash – Octobankning zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or xizmatlarni tatbiq etishdagi izchil strategiyasidir.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda Octobank O‘zbekistonda ekvayeringni muvaffaqiyatli rivojlantirgani uchun Visa mukofotini qo‘lga kiritgan edi va bu yil u elektron to‘lovlar sohasida o’z yetakchilik mavqeini mustahkamladi.
“Octobank Visa hamkorlariga ko‘rsatilgan ishonch va bu yilgi faoliyatini yuqori baholaganliklari uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Kelgusi 2026-yilda biz mijozlarimiz uchun sodda, xavfsiz va qulay vositalar hamda to‘lovlarni taklif etish orqali xizmatlarimizning texnologik imkoniyatlarini va qulayligini oshirishda davom etamiz”.