Bank protsessing tizimi tomonida rejalashtirilgan texnik ishlar o‘tkazilishi haqida xabarnoma
Hurmatli mijozlar!
Ma’lum qilamizki, 2026-yil 27-yanvar kuni soat 02:00 dan 04:00 gacha bankning protsessing markazi tomonida rejalashtirilgan texnik ishlar olib boriladi.
Mazkur vaqt oralig‘ida quyidagi servislar faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi:
protsessing;
yuridik shaxslar uchun internet-ekvayering (E-commerce).
Texnik ishlar davomida boshqa banklar tomonidan chiqarilgan xalqaro to‘lov tizimlari kartalari bo‘yicha ekvayering (E-commerce) operatsiyalari vaqtincha to'xtatiladi.
Keltirilishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.