Moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelayotgan qarz oluvchilarning arizalarini ko‘rib chiqish tartibi
1. Umumiy qoidalar
2. Atamalar va ta’riflar
3. Kredit shartnomasi shartlarini qayta ko’rib chiqish uchun asoslar
4. Kredit shartnomasi shartlariga kiritiladigan o‘zgartirishlar turlari
5. Kredit shartnomasi shartlarini qayta ko’rib chiqish shartlari
6. Kredit shartnomasi shartlarini qayta ko’rib chiqishbo‘yicha ariza topshirish kanallari
7. Hujjatlar to‘plami
Kredit shartnomasi shartlarinini qayta ko’rib chiqish bosqichlari (Umumiy)
1. Umumiy qoidalar
1.1. Moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelayotgan qarz oluvchilarning arizalarini ko‘rib chiqish tartibi "Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlardagi tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risidagi nizom"ga (Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 2-iyulda 3030-son bilan ro‘yxatga olingan), o‘zgartirish va qo‘shimchalarni (Adliya vazirligi tomonidan 2025-y
1.2. Jismoniy shaxslar kredit shartnomasi shartlarini qayta ko’rib chiqishdandan (restrukturizatsiya qilishdan) maqsad Qarzdorning moliyaviy yukni kamaytirish, ularning to‘lov qobiliyatini tiklash, muddati o‘tgan qarzlarning paydo bo‘lishining oldini olish va ijobiy kredit tarixini saqlab qolishdir.
1.3. Kredit shartnomasi shartlarini qayta ko’rib chiqish (restrukturizatsiya) Qarzdorning arizasiga asosan, shartnoma shartlarini qayta ko’rib chiqish uchun asos bo‘lgan holatlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar Qarzdor tomonidan taqdim etilgandagina amalga oshiriladi.
1.4. Shartnoma shartlarini qayta ko’rib chiqish kredit shartnomalariga o‘zgartirish kiritish orqali amalga oshiriladi.
2. Atamalar va ta’riflar
Kredit shartnomasi shartlarini qayta ko’rib chiqish (restrukturizatsiya) - bu qarzdorning so‘rovini ko‘rib chiqqandan so‘ng Bank tomonidan qo‘llaniladigan, qarz oluvchining to‘lov qobiliyatini tiklash va muddati o‘tgan qarzdorlik xavfini kamaytirish maqsadida mavjud kredit majburiyati shartlarini, jumladan, muddatlarni, jadvalni va/yoki so‘ndirish tartibini, to‘lov miqdorini, foiz
3. Kredit shartnomasi shartlarini qayta ko’rib chiqish uchun asoslar
4. Kredit shartnomasi shartlariga kiritiladigan o‘zgartirishlar turlari
5. Kredit shartnomasi shartlarini qayta ko’rib chiqish shartlari
5.1.
Imtiyozli davrda asosiy qarz summasiga kredit shartnomasida ko‘rsatilgan stavka bo‘yicha foizlar hisoblanadi.
5.2.
Kredit muddati imtiyozli davrdan kam bo‘lmagan muddatga uzaytiriladi.
5.3.
Imtiyozli davr tugagandan so‘ng, annuitet to‘lovi imtiyozli davr va uzaytirilgan kredit muddati davomida hisoblangan foizlar asosida qayta hisoblanadi.
5.4.
Agar kredit garov, kafillik yoki kreditni qaytarmaslik tavakkalchiligi bo’yicha sug‘urtasi polisi bilan ta’minlangan bo‘lsa, ularning muddati ushbu bo‘limga muvofiq o‘zgartirilgan kredit shartnomasi muddatiga uzaytiriladi.
6. Kredit shartnomasi shartlarini qayta ko’rib chiqish bo‘yicha ariza topshirish kanallari
7. Hujjatlar to‘plami
8. Kredit shartnomasi shartlarinini qayta ko’rib chiqish bosqichlari (Umumiy)
Ushbu bo‘limda kredit shartnomasi shartlarinini qayta ko’rib chiqish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish bosqichlarining umumiy ketma-ketligi tasvirlangan.
8.1.1
Yozma arizalar Bankning elektron hujjatlarni boshqarish tizimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar qayta ishlash uchun Bankning mas’ul bo‘limiga yuboriladi.