11.06.2025

"HUMANS" moliyaviy servisi "Octobank" AJ bank tizimidan uzilishi to‘g‘risida MA’LUMOT

"Octobank" AJ ushbu bilan "HUMANS" MCHJ bilan o‘zaro hisob-kitoblar (Kliring)ga xizmat ko‘rsatish va "HUMANS" moliyaviy xizmati doirasida chiqarilgan kartalar bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish to‘xtatilishi to‘g‘risida rasman ma’lum qiladi.

Xizmatni o‘chirish 2025-yil 13-iyun kuni soat 18:00 dan boshlanadi.

Bunday qaror "HUMANS" MCHJ tomonidan shartnomaviy munosabatlarning muntazam ravishda buzilishi va qabul qilingan majburiyatlarning bajarilmasligi sababli qabul qilindi.

Qayd etish lozimki 2020-yildan beri tomonlar o‘rtasida moliyaviy xizmatni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuv amal qilib kelgan bo‘lib, unda "Octobank" AJ hamkor sifatida ishtirok etgan. "Octobank" AJ shartnoma shartlarini lozim darajada bajarib kelgan bo‘lsada, biroq "HUMANS" MCHJ tomonidan amalga oshirilgan kliring operatsiyalari bo‘yicha qarzdorlik va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun komissiya qoplanmasdan kelmoqda.

Shuningdek, hozirda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida da’vogar "Octobank" AJning javobgar "HUMANS" MCHJdan jami 500 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlikni undirish va yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi da’vo arizasi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan iqtisodiy ish ko‘rib chiqilmoqda.

"HUMANS" MCHJ bilan o‘zaro hamkorlikni to‘xtatish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi.

Поделитесь