Octobank S&P Global Ratings xalqaro kredit reytingi agentligidan “Barqaror” prognoz reytingini oldi

Dunyoning yetakchi reyting agentliklaridan biri S&P Global Ratings Octobankni chet el va milliy valyutadagi majburiyatlar bo‘yicha uzoq muddatli «B-» darajasidagi hamda qisqa muddatli «B» darajasidagi reytinglarga munosib deb topdi. Reytinglar bo‘yicha prognoz — «Barqaror».

«B-» reytingi bankning iqtisodiy tebranishlarga o‘rtacha darajada ta’sirchan holda majburiyatlarini bajarish qobiliyatini ifodalaydi. «Barqaror» prognozi esa kelgusi 12-18 oy mobaynida joriy baholashning o‘zgarishsiz saqlanib qolishini anglatadi.

2024 yil yakunlariga ko‘ra, Octobank aktivlari yildan- yilga 33,6 %ga ko‘payib, 3,2 trillion so‘mni tashkil etdi, sof foyda — 101,7 % oshib, 150,7 milliard so‘mga yetdi, xususiy kapital —  57,5 % o‘sib, 755 milliard so‘mni tashkil qildi. 2025 yilning birinchi choragida foyda 108,5 milliard so‘mni (2024 yilning birinchi choragiga nisbatan +397,5%) tashkil etib, deyarli butun yillik natijaga tenglashdi. Bu esa bankning barqaror daromadliligini va xarajatlarni samarali boshqarayotganini tasdiqlaydi.

Octobank is a universal private bank with more than 20 years of experience in the Uzbek market. The bank is developing a digital infrastructure, serving more than 3 million individuals and more than 2,500 corporate clients.

S&P Global Ratings is one of the world's three largest credit rating agencies. It assigns long-term ratings to states, corporations, and financial instruments; its ratings are used by investors, banks, and international organizations to analyze credit risk.

Поделитесь