“Octobank” AJning jismoniy shaxslarga bank xizmatlarini ko‘rsatish va plastik kartalar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha tariflariga o‘zgartirishlar kiritilishi to‘g‘risida

“Octobank” AJ 2026-yil 13-oktabrdagi Boshqaruvning 51-sonli bayonnomasiga muvofiq, jismoniy shaxslarga bank xizmatlarini ko‘rsatish va plastik kartalar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha tariflarga o‘zgartirishlar kiritilganini ma’lum qiladi.

Mazkur o‘zgartirishlar 2026-yil 1-dekabrdan kuchga kiradi.

O‘zgartirishlar xorijda xalqaro to‘lov tizimi bilan o‘zaro hisob-kitob valyutasidan (AQSh dollari) boshqa valyutada amalga oshiriladigan operatsiyalar uchun undiriladigan komissiyaga taalluqlidir.

Komissiya miqdori operatsiya summasining 1 foizidan 2 foizigacha oshiriladi.

Mijozlarimizdan to‘lovlarni amalga oshirishda va bank xizmatlaridan foydalanishda ushbu o‘zgartirishlarni inobatga olishlarini so‘raymiz.

Tariflarning amaldagi tahriri bilan Bankning rasmiy saytida tanishish mumkin.

Поделитесь
Jismoniy shaxslarga bank xizmatlarini ko‘rsatish hamda plastik kartalar bilan bog‘liq operatsiyalar tariflariga kiritilgan o‘zgartirishlar

jismoniy-shaxslarga-bank-xizmatlarini-ko-rsatish-hamda-plastik-kartalar-bilan-bog-liq-operatsiyalar-tariflariga-kiritilgan-o-zgartirishlar, 680.21 KB

Faylni koʻrish