Korporativ mijozlar uchun tariflarning o‘zgarishi to‘g‘risida

Hurmatli mijozlar!

«Octobank» AJ korporativ mijozlar uchun tariflarga o‘zgartirishlar kiritilayotganini ma’lum qiladi. Mazkur o‘zgartirishlar 2026-yil 1-dekabrdan kuchga kiradi.

«Bankning terminal tarmog‘ida milliy valyutadagi tranzaksiyalarni qayta ishlash» bo‘limiga yangi tarif kiritiladi hamda amaldagi ikkita komissiya miqdori qayta ko‘rib chiqiladi.

Yangi xizmat uchun quyidagi tarif belgilanadi:

  • Uzcard va HUMO milliy to‘lov tizimlari kartalari orqali Bankning POS-terminallarida, shuningdek, QR HUMO QR-kodlaridan foydalangan holda amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha — muvaffaqiyatli qayta ishlangan tranzaksiya summasining 1 foizi.

Amaldagi xizmatlar bo‘yicha yangi komissiya miqdorlari:

  • O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi banklar tomonidan chiqarilgan Visa xalqaro to‘lov tizimi kartalari orqali Bankning POS-terminallarida (HUMO) amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha — muvaffaqiyatli qayta ishlangan tranzaksiya summasining 3,2 foizi.

  • O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi banklar tomonidan chiqarilgan Mastercard xalqaro to‘lov tizimi kartalari orqali Bankning POS-terminallarida (HUMO) amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha — muvaffaqiyatli qayta ishlangan tranzaksiya summasining 3,7 foizi.

Yangilangan tariflarning to‘liq tahriri bilan «Korporativ mijozlar uchun tariflar» havolasi orqali tanishish mumkin bo‘ladi.

Поделитесь