“Octobank” AJ (avvalgi nomi – “Ravnaq-bank” AJ) xabarnomasi
“KOBEA GROUP” MCHJ XK (“UzNex” kripto-birjasi) kripto-birja faoliyatini amalga oshirish litsenziyasining chaqirib olinganligi hamda shu sababli “KOBEA GROUP” MCHJ XK siz bilan tuzgan kripto-aktivlar oldi-sotdi shartnomasini bekor qilganligi munosabati bilan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
“Octobank” AJ (bundan buyon — “Bank”), 2.2, 3.1, 7.3.2 va 10-bandlar talablariga muvofiq. Bank hisobvarag‘ini ochish hamda “CRYPTO-CARD”ni chiqarish to‘g‘risidagi Ofertaga muvofiq, Sizga chiqarilgan karta(lar) bo‘yicha pul mablag‘larini kiritish va yechib olish (hisobdan chiqarish) operatsiyalari to‘xtatilganini ma’lum qiladi.
Siz o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob olish yoki octobank.uz korporativ sayti orqali tegishli savol bilan yoxud shartnomani bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilib, Bank bilan tuzilgan shartnomani bekor qilishga haqlisiz.