Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun milliy valyutadagi tariflarga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida xabarnoma
"Octobank" AJ yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun milliy valyutadagi tariflarga o‘zgartirishlar kiritilganini ma’lum qiladi.
Savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Bank tomonidan UzQR Online yagona tizimi (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Axborot tizimi) orqali amalga oshiriladigan to‘lovlarni qabul qilish uchun komissiyani kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
2026-yil 1-iyuldan boshlab istalgan bankning UzQR Online tizimi orqali amalga oshirilgan to‘lovlarni qayta ishlash komissiyasi operatsiya summasining 1% dan 0,65% gacha pasaytiriladi (komissiya savdo va xizmat ko‘rsatish korxonasidan undiriladi).
Mijozlardan hisob-kitoblarni amalga oshirishda va bank xizmatlaridan foydalanishda yuqorida ko‘rsatilgan o‘zgarishlarni hisobga olishlarini so‘raymiz.
Tariflarning joriy tahriri bilan Bankning rasmiy saytida tanishing.