Tariflarga o‘zgartirishlar kiritilgani to‘g‘risida xabarnoma
Hurmatli mijozlar!
Shuni ma’lum qilamizki, 2026-yil 19-apreldan “Octobank” AJning jismoniy shaxslarga bank xizmatlarini ko‘rsatish va plastik kartalar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha Tariflariga o‘zgartirishlar kuchga kiradi.
O‘zgartirishlar Tariflarning “«Octobank» AJ mobil ilovasi orqali amalga oshiriladigan operatsiyalar” deb nomlangan 4-bo‘limiga (xususan, uning 4.4.1, 4.4.2, 4.4.6, 4.9.1, 4.9.2, 4.11.1-bandlariga) kiritildi.
Tariflarning yangi tahririga muvofiq, quyidagi komissiyalar belgilanadi:
Pul o‘tkazmalari (P2P):
Humo to‘lov tizimi kartalari o‘rtasida —summadan 0,30%;
Uzcard va Humo to‘lov tizimlari o‘rtasida — summadan 0,70%;
Humo (Octobank) kartasidan Visa/MasterCard (Octobank) kartasiga milliy valyutada —summadan 0,20%.
20206-sonli hisobvaraqni bank kartalari orqali to‘ldirish:
“Octobank” AJda chiqarilgan Humo yoki UzCard kartalaridan — summadan 0,20%;
O‘zRning boshqa banklarida chiqarilgan Humo kartalaridan — summadan 0,40%;
O‘zRning boshqa banklarida chiqarilgan UzCard kartalaridan — summadan 0,60%;
Visa / MasterCard kartalaridan UZS valyutasida — 0,00% (komissiyasiz).
Humo kartalarini 20206000 hisobvaraqlaridan to‘ldirish:
Humo (Octobank) kartasiga — summadan 0,10%;
O‘zRning boshqa banklarida chiqarilgan Humo kartasiga — summadan 0,20%.
“Hamyon”ni Humo kartalari orqali to‘ldirish:
Humo (Octobank) kartasidan — summadan 0,20%;
O‘zRning boshqa banklarida chiqarilgan Humo kartasidan — summadan 0,40%.
Mobil ilovada operatsiyalarni bajarishda yangi shartlarni inobatga olishingizni so‘raymiz.
Ishonchingiz uchun minnatdormiz va Octobankni tanlaganingiz uchun tashakkur