Tariflar o‘zgarishi haqida xabarnoma

Hurmatli mijozlar!

«Octobank» AJning jismoniy shaxslarga bank xizmatlari ko‘rsatish va plastik kartalar bo‘yicha operatsiyalar tariflariga o‘zgartirishlar kiritilganligini ma’lum qilamiz.

2026-yil 25-iyundan boshlab tariflarning yangi tahriri kuchga kiradi, undan "O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari/norezidentlari uchun xorijiy valyutada Mastercard Standard (Crypto) xalqaro kartalarini chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish" nomli 31-bo‘lim to‘liq chiqarib tashlandi.

Ushbu bo‘lim doirasida kartalarni chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish bundan buyon amalga oshirilmaydi.

O‘z operatsiyalaringizni rejalashtirishda ushbu o‘zgarishlarni hisobga olishingizni so‘raymiz.

Octobankni tanlaganingiz uchun rahmat.


Поделитесь