Octobank va Toshkent IIBBdan 1000 ta alvon atirgul: shahardagi eng iliq 8-mart

8-mart, tonggi soat 6:00. Shahar hali uyquda, IIBB binosida esa muhim ko‘rsatma yangramoqda — ayollar chehrasiga tabbassum ulashish.

1000 ta g’uncha atirgullar ehtiyotkorlik bilan taxlangan — patrul-post xizmati Octobank jamoasi bilan birgalikda shahar ko‘chalariga yo’l oldi,

Bugun balandparvoz so‘zlar o’rniga— gullar, samimiy tabassum va bir oddiy eslatma bor:
siz muhimsiz, siz go‘zalsiz, shunchaki borligingizning o‘zi bir baxt!

Onalar, buvilar, rulda yoki avtobusda ketayotgan, piyodalar yo‘laklarida shoshib borayotgan qizlar — har biriga mehr ulashildi!

Octobank ushbu aksiyaning bir bo’lagi sifatida Toshkent shahar IIBB bilan birgalikda ayollarga yorqin tuyg‘ular hadya etganidan juda mamnun 💙

Поделитесь