Octobank delegatsiyasi V-Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda
16–18-iyun kunlari Toshkent mintaqaning asosiy investitsiya maydoniga aylanib, 102 mamlakatdan 9 mingdan ortiq ishtirokchini bir yerga to‘pladi. Forum xalqaro moliya institutlari va investorlar, yirik kompaniyalar hamda taraqqiyot banklari rahbarlarini birlashtirdi.
Forumning birinchi kunidayoq Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Xamid Jumayev boshchiligidagi Octobank delegatsiyasi bankning amaldagi va potensial hamkorlari, investorlar hamda moliya bozori ishtirokchilari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlar davomida Proparco, StoneX, Nuqi Wealth va Priorbank kabi xalqaro moliya institutlari va kompaniyalari bilan hamkorlik istiqbollari, shuningdek, moliya sektorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Kelgusi kunlarda Octobank kapital bozorlarini rivojlantirish, moliyaviy infratuzilmani takomillashtirish, raqamli transformatsiya va “yashil” energetika yo‘nalishlariga bag‘ishlangan forum tadbirlarida faol qatnashishni davom ettiradi.