O‘zbekiston delegatsiyasi Gonkongda

Shu kunlarda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Gonkongda tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Tadbir doirasida biznes va moliya sohasida hamkorlikni rivojlantirish, "Gonkong Savdoni rivojlantirish kengashi" bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda bank tajribasini o‘rganish masalalari muhokama qilinmoqda.

Delegatsiya a’zolari orasida “Octobank” AJ Boshqaruvi Raisi O‘rinbosari Sardor Shavkiyev ham faol ishtirok etmoqda va u quyidagilarni ta’kidladi:

“Kapital bozorini rivojlantirish, loyihalarni moliyalashtirish va investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi. Yaqin kelajakda mijozlarimiz o‘zgarishlarni his qiladi.”


Biz uchun bu shunchaki tashrif emas — bu yangi imkoniyatlar, investitsiyalar va mijozlar uchun xizmatlar ko‘lamini kengaytirish demak.

Поделитесь