Octobankda maktab o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni”!
Bugun Octobank tomonidan “Renessans School” xususiy maktabi o‘quvchilari uchun ilhomlantiruvchi uchrashuv tashkil etildi.
Kasb tanlash arafasida turgan 7–8-sinf o‘quvchilari bank sohasi faoliyati hamda uning asosiy yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Tadbir har oyning har payshanbasida yoshlar ishtirokida o‘tkaziladigan ma’rifiy va ijtimoiy loyihalarni o‘z ichiga olgan “Yoshlar kuni” tashabbusi doirasida, shuningdek, “Global Money Week 2026” haftaligi doirasida tashkil etildi.
Uchrashuv davomida Amaliyot Boshqarmasi boshlig‘i Rasuljon Xazratqulov hamda Muammoli Aktivlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Navruzjon Musayev o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berdilar.
O‘quvchilarga kiberxavfsizlik qoidalari sodda va tushunarli tarzda tushuntirildi, shuningdek, hayotiy misollar asosida moliyaviy savodxonlik masalalari yoritib berildi.
“Ochiq eshiklar kuni” yakunida ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Video orqali tadbir qanday o'tganini tomosha qilishingiz mumkin!