Kelajakka ongli qarash: Octobank yoshlar bilan kasb tanlash va moliya mavzusida uchrashuvlar o‘tkazmoqda

Octobank vakillari davlatimiz Rahbari tomonidan oyning har payshanba kuni yoshlar bilan ma’rifiy va ijtimoiy ishlarni olib borish maqsadida e’lon qilingan “Yoshlar kuni” tashabbusiga qo‘shildi.

Mazkur tashabbus doirasida Shayxontohur tumanidagi 262-maktabda bank xodimlari o‘quvchilar va bitiruvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etdi. Uchrashuv davomida kasb tanlash, moliyaviy savodxonlik hamda kiberxavfsizlik masalalari muhokama qilindi.

“Yoshlar o‘z kasbiy yo‘nalishini ongli ravishda tanlashi, moliya asoslarini tushunishi va kelajakda to‘g‘ri qarorlar qabul qilishi nihoyatda muhim. Biz uchrashuv davomida bank sohasida talab yuqori bo‘lgan kasblar, moliya bozori imkoniyatlari hamda kelajakda zarur bo‘ladigan ko‘nikmalar haqida ma’lumot berdik.

Bunday uchrashuvlarni kelgusida ham muntazam ravishda o‘tkazib borib, yoshlarning ishonchli va xavfsiz moliyaviy kelajak qurishiga ko‘maklashamiz”, — dedi Octobank Amaliyot Boshqarmasi Boshlig'i Rasuljon Xazratkulov.

Поделитесь