Octobank Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bemorlariga g‘amxo‘rlik qilish tashabbusini davom ettirmoqda
Muqaddas Ramazon hayiti kunlarida markazga zamonaviy elektrokardiograf va arterial qon bosimi monitoringi tizimi keltirildi, ular shifokorlarga kichkintoy bemorlarga aniqroq tashxis qo‘yish va davolashni samaraliroq olib borishga yordam beradi.
Qo‘llab-quvvatlash davom etadi: may oyida navbatdagi uskunalarni yetkazib berish rejalashtirilgan.
Ishonchimiz komilki, yordam — aniqlikda va vaqtida etkazib berishdadir.
Octobank har bir bolada baxtli bolalik, mustahkam salomatlik hamda yashash, o‘sish va orzu qilish imkoniyati bo’lishini tilaydi 💙