Pulni to‘g‘ri boshqarish: — kelajak sarmoyasi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan Octobank hamkorligida Smart School xususiy maktabida “Global Money Week 2026” loyihasi doirasida 7-sinf o‘quvchilari uchun ochiq va interaktiv dars tashkil etildi.
O‘quvchilar moliyaviy savodxonlikni shakllantirishga xizmat qiluvchi qiziqarli mavzular muhokama qilindi:
Muloqot davomida — moliyaviy savodxonlik asoslari haqidagi tushunchalar shakllantirildi:
✅ “Kim boy bo‘lishni istaydi?”
✅ Pulning kelib chiqish tarixi;
✅ Investitsiya qilish asoslari;
✅ Kiberxavfsizlik.
Yosh bo‘lishlariga qaramay, o‘quvchilar o‘z fikrlarini faol, erkin va kreativ tarzda bildirdilar. Eng faol ishtirokchilar esa Octobank tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
“Yosh avlod orasida moliyaviy savodxonlikka bo‘lgan qiziqishning ortib borayotgani kelajakda barqaror moliyaviy tizim shakllanishi uchun muhim zamin yaratadi. Shu bilan birga, ularning moliyaga qiziqishi va mustaqil fikr bildirishlari biz uchun alohida quvonarli holatdir,” — dedi Octobankning Amaliyot Boshqarmasi xodimasi Ayubjonova Odina.