Octobank delegatsiyasining V-TXIF 2026 samarali faoliyatining ikkinchi kuni
Forumning ikkinchi kunida Boshqaruv raisi o‘rinbosari Sardor Shavkiyev boshchiligidagi Octobank vakillari xalqaro moliya institutlari, investitsiya kompaniyalari va kapital bozori ishtirokchilari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdilar.
BAKAI Bank (Qirg‘iziston) bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, vakillik hisobvaraqlarini ochish, savdoni moliyalashtirish vositalarini kengaytirish va g‘aznachilik operatsiyalari sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Armaniston Markaziy depozitariysi - AMX (Armaniston) va Bendura Bank AG (Lixtenshteyn) vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda kapital bozorlarida hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari, yevroobligatsiyalar bilan ishlash, shuningdek, banklararo va kastodial hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
ED Wealth / Family Office Impact Investing sessiyasidagi ishtirok alohida yo‘nalish bo‘lib, unda islomiy moliyalashtirishni rivojlantirish hamda O‘zbekistonga mas’uliyatli xorijiy investitsiyalarni jalb etish istiqbollari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, mamlakatda biznesni rivojlantirishga investitsiyalarni jalb qilish va Ozarbayjon-O‘zbekiston investitsiya kompaniyasi bilan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.
Octobank vakillari Toshkent xalqaro investitsiya forumining yuqori saviyada tashkil etilganini qayd etib, uning xalqaro muloqot va sheriklikni rivojlantirish uchun samarali platforma sifatidagi o‘rnini tasdiqlaganini ta’kidlab o’tdilar.