Dropper kartasi jinoyat quroliga aylanishi mumkin?
Dropper — o‘z bank kartasi yoki hisobvarag‘ini boshqalarning pul mablag‘larini qabul qilish va o‘tkazish uchun taqdim etgan shaxs. Jinoyatchilar ularni haq evaziga jalb qilib, noqonuniy moliyaviy operatsiyalarda vositachi sifatida foydalanadi.
Dropperlar qanday jalb qilinadi?
🔹 Oson daromad: tajribasiz va mehnatsiz pul ishlash taklifi.
🔹 Soxta vakansiyalar: onlayn ish bahonasida karta ma’lumotlarini so‘rash.
🔹 Komissiya: begona mablag‘larni o‘tkazish yoki naqdlashtirish evaziga haq taklif qilish.
Dropper bo‘lish qanday oqibatlarga olib keladi?
Shaxsning kartasi orqali firibgarlikdan olingan yoki boshqa noqonuniy mablag‘lar o‘tkazilsa, uning egasi ham huquqni muhofaza qiluvchi organlar e’tiboriga tushadi va huquqiy javobgarlikka tortiladi.
O‘zingizni himoya qilish uchun:
🔹 Karta va hisobvaraqlaringizni boshqalarga bermang.
🔹 Begona mablag‘larni qabul qilmang va o‘tkazmang.
🔹 Pul o‘tkazish evaziga taklif etiladigan komissiyaga aldanmang.
🔹 Noma’lum mablag‘ kelib tushsa, uni sarflamang va bankka murojaat qiling.
Moliyaviy xavfsizligingizni asrang. Shubhali takliflarga ishonmang!