Ish beruvchilar va xodimlar uchun davlat ijtimoiy sug‘urtasining yangi tizimi qanday ishlaydi
O‘zbekistonda davlat ijtimoiy sug‘urtasining yangi tizimini joriy etish davom etmoqda.
2026-yil 1-iyuldan boshlab vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi kasallik varaqasining 6-kunidan boshlab Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan to‘lanadi.
Maqsad — fuqarolar uchun ijtimoiy to‘lovlarni olishni yanada sodda, tez va qulay qilishdir.
Bu qanday tartibda ishlaydi?
Agar xodim vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik varaqasini rasmiylashtirgan bo‘lsa, ma’lumotlar avtomatik ravishda davlat axborot tizimlariga kelib tushadi. Shu ma’lumotlar asosida Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi alohida ariza talab qilmasdan nafaqa tayinlaydi.
Bu qanday afzalliklar beradi?
- Hujjatlar bilan bog‘liq rasmiyatchilikning kamayadi
- To‘lovlar avtomatik tarzda belgilanadi
- Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning o‘z vaqtida taqdim etilishida qo‘shimcha ijtimoiy kafolatlar
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimining yangi imkoniyatlari bilan tanishib chiqishni va ularni o‘z tashkilotingiz faoliyatida hisobga olishni tavsiya etamiz.
Agar sizda savollar paydo bo‘lsa, qo‘shimcha ma’lumotlarni Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan 1070 telefoni orqali bilib olishingiz mumkin.
Hurmat bilan,
Octobank