12.08.2026

Kelajak texnologiyalari — bugundan

Octobank — O‘zbekiston Markaziy banki Demo Day tadbirida.

7-avgust kuni Octobank jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tashkil etilgan Demo Day tadbirida ishtirok etdi. Tadbirda sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasidagi amaliy yechimlarini taqdim etuvchi 14 ta bank qatnashdi.


Octobank tadbirda ma’lumotlar, infratuzilma va AI vositalarini birlashtiruvchi yagona texnologik platformaning asosiy komponentlarini namoyish etdi:


🔹 Data Platform — ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish uchun yagona muhit. U boshqaruv analitikasi va AI-servislarini rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratadi.

🔹 IDP (Internal Developer Platform) — IT-infratuzilmani boshqarish uchun yagona portal. U texnologik resurslarni taqdim etishni avtomatlashtiradi, dasturiy yechimlarni ishlab chiqish jarayonini tezlashtiradi va raqamli servislar ishonchliligini oshiradi.

Biz uchun texnologiya — shunchaki infratuzilma emas. Bu yangi mahsulotlarni tezroq ishga tushirish, raqamli servislarni kengaytirish va mijozlar uchun yanada qulay bank xizmatlarini yaratish imkoniyati.

Octobank texnologik platformasini rivojlantirishda va AI imkoniyatlarini bankning biznes jarayonlariga izchil joriy etishda davom etadi.

Поделитесь