Korporativ mijozlar uchun muhim ogohlantirish
Tashkilotlarning hisobvaraqlariga kirish imkonini beruvchi yangi firibgarlik sxemasi aniqlandi.
Xodimlarning pochta va messenjerlariga go‘yoki davlat organlari nomidan soxta xabarlar yuborilmoqda. Ulardagi havolalar va fayllarda zararli dasturlar bo‘lishi mumkin. U jinoyatchilarga kompyuterga, shuningdek, unda saqlanayotgan ma’lumotlar va ERI kalitlariga masofadan kirish imkonini beradi. Keyinchalik bu ularga tashkilotning bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazish imkonini berishi mumkin.
Buxgalteriya, moliya bo‘linmalari va hujjat aylanishi bo‘limi xodimlarining kompyuterlariga alohida e’tibor qaratish lozim, chunki ular:
ERIdan foydalanadilar;
bank hisobvaraqlari bilan ishlaydi;
to‘lovlar va moliya uchun javobgar bo’ladilar;
buxgalteriyada ishlaydi;
hujjatlar bilan ishlaydilar.
Agar quyidagi nomli papkalarni ko‘rsangiz, kompyuteringizga zararli dastur yuqqan bo‘lishi mumkin:
MarkaziyKontrol
BoshqaruvSistemi
AsosiyTizim
MoliyaviyHisobot
SoliqTekshiruvi
TahlilModuli
SystemHelper
ComplianceChecker
DiagnosticTool
QualityController
E’tiborli bo‘ling - xat va xabarlardagi shubhali havolalar va fayllarni, hatto ular rasmiy ko‘rinishda bo’lsa ham, ochmang. Antivirusdan foydalaning va uni muntazam yangilab turing. Ehtimoliy xavflarning oldini olish uchun ERIdan foydalanadigan va bank hisobvaraqlari bilan ishlaydigan xodimlarning kompyuterlarini tekshirib ko’rishni tavsiya etamiz.
Octobank korporativ mijozlaridan bunday tekshiruvni imkon qadar tezroq o‘tkazishni so‘raymiz.
Hurmat bilan, Octobank.