Kredit bo‘yicha sug‘urta qanday ishlaydi?
Kredit bo‘yicha sug‘urta kredit muddati davomida mijoz va bank manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.
Octobankda sug‘urta quyidagi kredit mahsulotlari bo‘yicha amal qiladi:
Avtokredit 1.0 (yangi avtomobil xaridi)
➖ Avtomobil garov sifatida rasmiylashtiriladi va kreditning butun muddati davomida sug‘urtalanadi.
➖ Garov rasmiylashtirilguniga qadar kredit qaytmaslik xatari ham sug‘urtalanadi.
Avtokredit 2.0 (ikkilamchi bozordan avtomobil xaridi)
➖ Avtomobil garov sifatida rasmiylashtiriladi va kreditning butun muddati davomida sug‘urtalanadi.
Ipoteka 1.0
➖ Ko‘chmas mulk garov sifatida rasmiylashtiriladi va kreditning butun muddati davomida sug‘urtalanadi.
Sug‘urta mukofoti mijozning o'zi tomonidan to‘lanadi.
Kreditni muddatidan oldin to‘liq so‘ndirdingizmi?
Kreditni muddatidan oldin to‘liq yopgan bo‘lsangiz, sug‘urta mukofotining foydalanilmagan davrga to‘g‘ri keladigan qismini qaytarib olish huquqiga egasiz.
Buning uchun:
🔹 Sug‘urta kompaniyasiga ariza bilan murojaat qiling.
🔹 Sug‘urta kompaniyasi bankdan kreditning to‘liq so‘ndirilganini tasdiqlovchi ma’lumotni oladi.
🔹 Tasdiq olingach, sug‘urta shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish bo‘yicha kelishuv rasmiylashtiriladi.
🔹 Shundan so‘ng sug‘urta kompaniyasi foydalanilmagan davr uchun hisoblangan mablag‘ni siz ko‘rsatgan bank kartasiga o‘tkazadi.
Qo‘shimcha savollaringiz bo‘lsa, Octobank aloqa markaziga murojaat qiling
❓ Support: @Octobank_Callcenter_bot
☎️ Call-center: +998 71 202-33-33