Octobank 25 yilligini kelajakka qaratilgan ijtimoiy tashabbus bilan nishonladi
23-iyun kuni Octobank o‘z faoliyatining 25 yilligini nishonladi. Ushbu muhim sana munosabati bilan bank an’anaviy bayram tadbirlaridan voz kechib, yubileyini xayrli tashabbusga bag‘ishladi.
Barqaror rivojlanish va ESG tamoyillari doirasidagi korporativ ijtimoiy mas’uliyat qadriyatlariga sodiq qolgan holda, Octobank SOS O‘zbekiston Bolalar Mahallalari uyushmasi dasturlari ishtirokchilari bo‘lgan ota-ona qaramog‘idan mahrum qolgan bolalar va yoshlar, shuningdek, muqobil oilaviy parvarish shakllarida tarbiyalanayotgan bolalar uchun ma’rifiy va madaniy sayohat dasturini tashkil etdi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, O‘zbekistonning boy tarixiy, madaniy va ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ekskursiya nafaqat qiziqarli va mazmunli sayohat, balki o‘sib kelayotgan avlodning dunyoqarashini kengaytirish, O‘zbekiston tarixi va madaniy qadriyatlarga bo‘lgan qiziqishini mustahkamlashga qaratilgan muhim tashabbus bo‘ldi.
Tadbir iliq va do‘stona muhitda davom etdi. Bolalar uchun dasturxon yozilib, Octobank tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu esa ushbu kunni nafaqat ekskursiya ishtirokchilari, balki bank xodimlari uchun ham yanada quvonchli va unutilmas voqeaga aylantirdi.
Bugungi kunda banklar jamiyat taraqqiyotida tobora muhim o‘rin egallamoqda. Ular nafaqat keng ko‘lamli ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi, balki o‘z ishtiroki haqiqatan zarur bo‘lgan yo‘nalishlarda aniq masalalarni hal etishga ham hissa qo‘shmoqda. Shu bois korporativ ijtimoiy mas’uliyat bir martalik tashabbus emas, balki tashkilotning barqaror rivojlanishi va uzoq muddatli o‘sish strategiyasining ajralmas qismiga aylanib bormoqda.
“Octobank uchun 25 yillik yubiley shunchaki muhim sana emas, balki o‘z qadriyatlariga sodiqligini yana bir bor namoyon etish imkoniyatidir. Biz bank muvaffaqiyatini faqat moliyaviy natijalar bilan emas, balki jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi, ayniqsa, yosh avlod uchun yangi imkoniyatlar yaratishdagi o‘rni bilan ham baholaymiz”, — deb ta’kidladi bank matbuot xizmati.
Octobankning 25 yillik faoliyatidagi eng katta yutug‘i — bu uning mijozlari, hamkorlari va jamoasidir. Bank bugun amalga oshirayotgan barcha ishlar aynan ular uchun yangi imkoniyatlar yaratish, muhim ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va kelajak avlodlar farovonligiga hissa qo‘shishga qaratilgan.
