23.06.2026

🎉Octobank 25-yoshda: Biz birgalikda yozayotgan tarix

25-yil — bu ishonch, barqaror rivojlanish va har kuni Octobankni tanlaydigan millionlab mijozlar oldidagi mas’uliyat yo‘lidir.

Chorak asr davomida biz moliyaviy institutdan O‘zbekistonning raqamli bank ekotizimidagi muhim ishtirokchilaridan biriga aylandik.

Biz uchun muhim sanalar nafaqat erishilgan natijalarni sarhisob qilish, balki mehr-oqibat va g‘amxo‘rlik ulashish imkoniyatidir.

Yubiley munosabati bilan bank tantanali tadbirlar o‘tkazishdan voz kechib, bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, SOS “Bolalar mahallalari” xayriya fondi tarbiyalanuvchilari, shuningdek, yangi oilalar bag‘rida voyaga yetayotgan bolajonlar uchun Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat tashkil etdi.

Ushbu kun bolajonlar qalbida iliq va yaxshi xotira bo‘lib qolishiga chin dildan ishonamiz.

Octobank tarixining bir qismi bo‘layotgan har bir mijozimiz, hamkorimiz va xodimimizga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Birgalikda oldinga intilishda davom etamiz!

Поделитесь