Octobank ekvayringi orqali Apple Pay va Google Pay
Agar to‘lov usullari xaridorlarning odatiy ehtiyojlariga mos kelmasa, biznes uchun ularning talab va kutganlarini qondirish qiyinlashadi. Bunga yaqinda O‘zbekistonda bank kartalari egalari uchun Apple Pay xizmatining ishga tushirilishini yorqin misol sifatida keltirish mumkin. Ushbu yangilik raqamli to‘lovlar sohasida uzoq kutilgan muhim qadam bo‘ldi va biznes vakillariga aniq bir ishorani berdi: xaridorlar yanada qulay to‘lov imkoniyatlarini kutmoqda.
Octobank internet-ekvayringi ushbu ehtiyojni qondirishga yordam beradi: tadbirkorlar o‘z saytlari va ilovalarida Apple Pay va Google Pay orqali to‘lovlarni qabul qilish xizmatini ulashlari mumkin.
«Xaridor kompaniya xizmatlarini yaxlit baholaydi va to‘lov jarayoni ham buning muhim qismi hisoblanadi. Agar mijoz Apple Pay yoki Google Pay orqali to‘lov qilishga odatlangan bo‘lsa-yu, biroq saytda bunday imkoniyatni topa olmasa, boshqa to‘lov usulini izlashga majbur bo‘ladi. Aynan shu bosqichda kompaniya xaridorni yo‘qotishi va savdo amalga oshmay qolishi mumkin. Vaholanki, tegishli to‘lov texnologiyasini joriy etish orqali bu muammoni hal qilish mumkin.
Octobank biznesga zamonaviy to‘lov usullarini onlayn savdoga joriy etish imkonini beruvchi infratuzilmaga ega. Biz kompaniyalarga turli auditoriyalar bilan ishlash, o‘z xizmatlarini rivojlantirish va xaridorlarni to‘lov usulini tanlashda cheklamaslik imkonini beruvchi vositalarni taqdim etamiz», — deydi Octobankning transchegaraviy pul o‘tkazmalari va elektron tijorat bo‘yicha boshqaruvchi direktori Vladimir Vasilyev.
Apple Pay va Google Pay orqali to‘lovlarni qabul qilish xizmatini ulash buyurtmani rasmiylashtirishdagi harakatlar sonini kamaytirib, mijoz uchun to‘lov jarayonini tushunarliroq qiladi. Bu mahalliy va xalqaro xaridorlarning odatlariga moslashish hamda zamonaviy texnologiyalarni biznesning ustunligiga aylantirish imkonini beradi.
Xaridor kompaniya xizmatiga yaxlit baho beradi
Qulay sayt, tushunarli shartlar va jozibador taklif xaridga qiziqish uyg‘otadi. To‘lov usuli ham ushbu taassurotning bir qismidir. Agar mijoz xaridning yakuniy bosqichida noqulaylikka duch kelsa, bu kompaniya xizmatining kamchiligi sifatida qabul qilinadi.
Bu qanday ishlaydi?
Apple Pay va Google Pay orqali xaridor saqlangan kartasidan foydalanadi va karta rekvizitlarini qo‘lda kiritmasdan to‘lovni tasdiqlaydi. Bu biznesga to‘lov jarayonidagi harakatlar sonini kamaytirish va mijozga tanish xarid jarayonini taklif etish imkonini beradi. Muayyan to‘lov usulining mavjudligi qo‘llab-quvvatlanadigan kartalar, qurilmalar va ulanish shartlariga bog‘liq.
Xalqaro auditoriya bilan ishlash imkoniyatlari
«Kompaniya xaridor uchun notanish bo‘lishi mumkin, ammo u taklif etayotgan to‘lov usuli mijozga avvaldan tanish bo‘lsa, bu xizmatdan foydalanishni osonlashtiradi va yangi hisob-kitob jarayonini o‘rganish zaruratini kamaytiradi».
Masalan, xaridor O‘zbekistondagi kompaniyaga ilk bor murojaat qilganida, boshqa servislarda foydalanib yurgan qulay to‘lov imkoniyatini uchratishi mumkin.
Octobank internet-ekvayringi aviatsiya va turizm sohalaridan tortib chakana savdogacha bo‘lgan turli yo‘nalishlarda talabga ega. Ayrim hamkorlar uchun Octobank internet-ekvayringini ulash aviachiptalarni onlayn xarid qilish jarayonini soddalashtirgan bo‘lsa, boshqalar uchun sayt va ilovalarda to‘lovlarni qulay qabul qilish imkoniyatlarini kengaytirdi. Bank hamkorlari qatorida Uzbekistan Airways, Centrum Air, ASIALUXE, MEDIAPARK va boshqa kompaniyalar bor. Ushbu texnologiyadan elektron tijorat va onlayn savdoning turli yo‘nalishlarida foydalanish mumkin.
Masalan, mehmonxona mehmon kelishidan oldin yashash uchun to‘lovni qabul qilishi, turistik kompaniya tanlangan xizmat uchun onlayn to‘lovni qabul qilishi, internet-do‘kon esa xaridorga sayt yoki ilova orqali buyurtma haqini to‘lash imkonini berishi mumkin.
«Octobank O‘zbekistonda biznes uchun Apple Pay va Google Pay orqali to‘lovlarni qabul qilish imkonini beruvchi internet-ekvayring xizmatini taqdim etayotgan sanoqli banklardan biridir. Bank hamkorlari uchun bu mahalliy bozorda hali keng tarqalmagan to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyatidir.
Ushbu to‘lov usullarini bugunoq joriy etish orqali kompaniya xaridorlar kutgan qulayliklarni boshqalardan avval taqdim etishi va xizmat ko‘rsatish sifati bilan raqobatchilardan ajralib turishi mumkin.
Apple Pay va Google Pay orqali to‘lovlarni qabul qilishni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan kompaniyalar internet-ekvayring xizmatini ulash masalasini muhokama qilish uchun Octobankga murojaat qilishlari mumkin. Batafsil ma’lumot — «Elektron tijorat» bo‘limida.