21.08.2026

Octobank ISO 37001:2025 xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritdi

Octobank korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi bo‘yicha ISO 37001:2025 xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritdi. Sertifikat bankning “Bank xizmatlarini ko‘rsatish” yo‘nalishidagi faoliyatini qamrab oladi.

Sertifikatlashtirish xalqaro audit natijalariga ko‘ra amalga oshirildi. Audit davomida bankdagi korrupsion xavflarni aniqlash, ularning oldini olish va nazorat qilish mexanizmlarining xalqaro standart talablariga muvofiqligi baholandi.

ISO 37001:2025 — tashkilotlarda korrupsiya va poraxo‘rlik bilan bog‘liq xavflarni boshqarish, shaffoflik va mas’uliyatni oshirish hamda samarali ichki nazorat tizimini shakllantirishga qaratilgan xalqaro standartdir.

Bank-moliya sohasida ishonch nafaqat xizmatlar sifati va tezkorligi, balki ichki jarayonlarning shaffofligi, samarali nazorat va mas’uliyatli korporativ boshqaruv bilan ham belgilanadi.

ISO 37001:2025 sertifikatining qo‘lga kiritilishi Octobankning korporativ boshqaruvni xalqaro talablar asosida takomillashtirish, korrupsion xavflarni kamaytirish hamda mijozlar va hamkorlar ishonchini yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamidir.

Octobank ilg‘or xalqaro amaliyotlarni joriy etish va bank faoliyatida yuqori boshqaruv standartlarini rivojlantirishni izchil davom ettiradi.

Поделитесь