22.07.2026

Octobank jismoniy shaxslar uchun ipoteka va avtokreditlarni ishga tushirdi

Octobank jismoniy shaxslar uchun ipoteka va avtokreditlash dasturlarini ishga tushirdi. Bank uchta mahsulotni taqdim etdi: "Ipoteka" — uy-joy sotib olish uchun, "Avtokredit 1.0" — yangi avtomobillar uchun va "Avtokredit 2.0" — ishlatilgan avtomobillar uchun.

«Biz mijozlarning asosiy moliyaviy ehtiyojlarini qondirgan holda, ular uchun Octobank imkoniyatlarini izchil kengaytirmoqdamiz. Ipoteka va avtokreditlarning joriy etilishi — chakana mahsulotlar tarmog‘ini rivojlantirishdagi muhim bosqich bo‘lib, u mijozlarga shaxsiy uy-joy yoki avtomobil xarid qilish kabi maqsadlariga erishishda yordam beradi», – deya ta’kidladi Octobank matbuot xizmati.

Ipoteka 

Octobank ipotekasi bilan yangi qurilgan uylardagi kvartiralar, ikkilamchi bozordagi uy-joylar, shuningdek, qurilish uchun yer uchastkalarini sotib olish mumkin.

Asosiy shartlar:

  • kredit muddati — 10 yilgacha;

  • boshlang‘ich to‘lov — 20% dan;

  • foiz stavkasi — yillik 22%, boshlang‘ich to‘lov 20% dan 49% gacha bo‘lganda;

  • foiz stavkasi — yillik 20%, boshlang‘ich to‘lov 50% dan boshlansa.

Octobank ish haqi loyihasi ishtirokchilari va bankning korporativ mijozlari xodimlari uchun 2026-yil 31-dekabrgacha yillik 18% dan boshlanadigan aksiya stavkasi amal qiladi.

Ipoteka krediti uchun onlayn ariza qoldirish.

Avtokreditlash

Octobank ikkita avtokredit dasturini taklif etadi:

  • «Avtokredit 1.0» O‘zbekistondagi rasmiy dilerlardan yangi avtomobillar uchun;

  • «Avtokredit 2.0» — ishlatilgan avtomobillar uchun.

Ikkala dastur uchun quyidagilar ko‘zda tutilgan:

  • foiz stavkasi — yillik 24%, Octobank ish haqi loyihasi ishtirokchilari uchun — yillik 21%;

  • kredit miqdori — cheklanmagan;

  • kredit muddati — 60 oygacha;

  • imtiyozli davr — 1 oy;

  • kredit milliy valyutada beriladi;

  • kreditni qaytarish — annuitet yoki differensial to‘lovlar orqali.

Boshlang‘ich to‘lov va moliyalashtirish miqdori tanlangan dasturga bog‘liq:

  • «Avtokredit 1.0» — boshlang‘ich to‘lov 25 %dan, moliyalashtirish — avtomobil qiymatining 75 %gacha;

  • «Avtokredit 2.0» — boshlang‘ich to‘lov 40 %dan, moliyalashtirish — avtomobil qiymatining 60 %gacha.

Yangi avtomobillar uchun avtokredit olish bo‘yicha onlayn ariza qoldirish.

Yurgan (foydalanilgan) avtomobillar uchun avtokredit olish bo‘yicha onlayn ariza qoldirish.

Octobank mutaxassislari kredit shartlari bo‘yicha maslahat berib, sizga mos kredit dasturini tanlashda quyidagi telefon raqamlari orqali yordam beradilar:

+998 71 202 33 33 (ichki raqamlar: 1138, 1165, 1157, 1158)
+998 94 655 00 57
+998 93 587 52 25
+998 97 771 73 88

Поделитесь