06.10.2026

Octobank Nyu-Yorkdagi Times Square maydonida o‘zini dunyoga tanitdi

Octobank Nyu-Yorkdagi mashhur Times Square ekranlarida reklama joylashtirdi va bu maydonda namoyish etilgan O‘zbekistonning birinchi banklaridan biriga aylandi. Megapolisning qoq markazida bank brendi jahon kompaniyalari reklamalari yonida paydo bo‘lib, xalqaro auditoriyaga o‘z imkoniyatlarini e’lon qildi.

Times Square maydonida Octobank brendining namoyish etilishi bank jamoasining AQShga tashrifining mantiqiy davomi bo‘ldi. Mayamida o‘tkazilgan SIBOS xalqaro ko‘rgazma-konferensiyasidagi muvaffaqiyatli ishtirokdan so‘ng, bank o‘z brendini xalqaro maydonda tanitishda davom etdi — bu safar dunyoning eng mashhur reklama maydonlaridan birida.
Times Square — dunyodagi eng taniqli reklama maydonlaridan biri. Bu yerda dunyodagi eng yirik kompaniyalar auditoriya e’tibori uchun raqobatlashadi.

Mazkur maydonning tanlanishi Octobank uchun o‘z rejalari ko‘lamini hamda O‘zbekistonni mamlakat sarhadlaridan ancha olisda ham munosib namoyon etish intilishini aks ettiradi. Reklama kampaniyasi keng auditoriyani 25 yillik tajriba, yuqori darajadagi professionallik hamda mijozlar va hamkorlar uchun zamonaviy moliyaviy yechimlarga ega Octobank bilan yaqindan tanishtirmoqda.

Bunday tashabbuslar xorijiy auditoriyaga O‘zbekiston kompaniyalari va brendlari bilan yaqindan tanishish, ularning salohiyatini kashf etish hamda kelgusidagi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Bank o‘z imkoniyatlari hamda O‘zbekiston bank sektori salohiyatini dunyoga namoyon etgan holda, xorijda o‘z brendi ishtirokini kengaytirishda davom etadi.

Поделитесь