16.10.2026

Octobank III chorak yakunlarini sarhisob qildi: foyda 57,5 %ga o‘sdi, yangi raqamli to‘lovlar va 16 xil valyutada hisob-kitoblar yo‘lga qo‘yildi

2026-yilning III choragida Octobank kredit mahsulotlari qatorini kengaytirdi, internet-ekvayring bo‘yicha hamkorlar uchun Apple Pay va Google Pay to’lovlarini yo‘lga qo‘ydi hamda korporativ mijozlarning xalqaro hisob-kitoblar bo‘yicha imkoniyatlarini 16 ta valyutaga oshirdi.

Moliyaviy o‘sish raqamlarda

2026-yilning yanvar-sentyabr oylarida Octobank foydasi 266,36 mlrd so‘mni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 57,53% ga ko‘p. 1-oktyabr holatiga ko‘ra, aktivlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 178,87 %ga oshib, 14,62 trln so‘mga yetdi.

Kredit portfeli 104,56%ga oshib, 832,68 mlrd so‘mni, xususiy kapital 38,93%ga oshib, 1,30 trln so‘mni tashkil etdi.  Majburiyatlar hajmi 4,31 trln so‘mdan 13,32 trln so‘mgacha oshdi  — o’sish 209,21 %. Kapital rentabelligi (ROE) 27,4%, ustav kapitali 500 mlrd so‘mni tashkil etdi. Sof foizli daromad 439,39 mlrd so‘mga yetdi, mijozlar bazasi 3,66 mln kishidan oshdi, xodimlar soni esa 487 kishini tashkil etdi.

Mijozlar uchun yangi bank mahsulotlari va zamonaviy to‘lov yechimlari

III chorakda Octobank uchta kredit dasturini taqdim etdi: uy-joy sotib olish uchun "Ipoteka," yangi avtomobillar uchun "Avtokredit 1.0" va ishlatilgan avtomobillar uchun "Avtokredit 2.0" dasturlari.

Internet-ekvayring bo‘yicha hamkorlar uchun Apple Pay va Google Pay orqali to‘lovlarni qabul qilish imkoniyati yaratildi. Yangi xizmatni ulagan birinchi yirik kompaniyalar Uzbekistan Airways va Centrum Air bo‘ldi: endi ularning yo‘lovchilari aviachiptalarni raqamli hamyonlar orqali to‘lashlari mumkin. Karta ma’lumotlarini himoya qilish uchun tokenizatsiya texnologiyasi qo’llaniladi.

Korporativ mijozlar uchun 16 ta valyutada konversiya operatsiyalari va xalqaro to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatlari kengaytirildi, jumladan: xitoy yuani, singapur dollari, shveysariya franki, polsha zlotiysi, chexiya kronasi, kanada dollari, meksika pesosi, avstraliya dollari va yaponiya iyenasi.

Shu bilan birga, Octobank mahalliy va xorijiy moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirib, ularning xizmatlarini rivojlantirish uchun infratuzilma taqdim etdi.

Paynet, Mikrokreditbank, Asia Alliance Bank, BRB, Anorbank va Tojikiston taraqqiyot banki ilovalarida xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Endilikda ushbu ilovalar orqali Turkiya, Xitoy, Tojikiston va boshqa mamlakatlarga pul yuborish mumkin.

Xalqaro standartlar ishonch va xavfsizlik asosi sifatida

III chorakda bank to‘lov kartalari ma’lumotlarini himoya qilish sohasida PCI DSS v4.0.1 xalqaro standarti talablariga muvofiqligini tasdiqladi, shuningdek, korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi sohasida ISO 37001:2025 xalqaro sertifikatini oldi.

Bu yutuqlar Octobankning shaffoflik, mas’uliyat va xavfsizlik tamoyillariga asoslangan moliyaviy institut sifatidagi mavqeini mustahkamlaydi, mijozlar va xalqaro hamkorlar ishonchini oshirishga xizmat qiladi.

Octobank xalqaro moliya maydonida

Octobank Global Banking & Finance Awards 2026 xalqaro mukofot dasturining ikki nominatsiyasida e’tirof etildi. Bank «O‘zbekistondagi eng yaxshi raqamli bank» va «O‘zbekistonda g‘aznachilik operatsiyalari bo‘yicha eng yaxshi bank» nominatsiyalarida taqdirlandi.

Ushbu mukofot moliya tashkilotlarining raqamli yechimlar, bank xizmatlari va g‘aznachilik operatsiyalarini rivojlantirishdagi yutuqlarini, shuningdek, moliya sohasining boshqa yo‘nalishlaridagi natijalarini e’tirof etadi.

24-26-avgust kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Silk Road Finance & Technology Forum"da Octobank asosiy hamkor sifatida ishtirok etdi. Bankning yettita departamenti vakillari xorijiy mehmonlarga ekvayring, Open Banking va transchegaraviy to‘lovlar sohasidagi yechimlarni taqdim etdilar.

Xitoydagi CIFIT Octobank xalqaro moliya institutlari bilan vakillik munosabatlari, xalqaro hisob-kitoblar, g‘aznachilik operatsiyalari va savdoni moliyalashtirish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib bordi. Ushbu yo‘nalishlar transchegaraviy to‘lovlar uchun kanallarni rivojlantirish va korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi.

Octobank delegatsiyasi 28-sentyabrdan 1-oktyabrgacha Mayamida bo‘lib o‘tgan SIBOS 2026 ko‘rgazmasida to‘rt kun davomida 100 dan ortiq ishbilarmonlik uchrashuvlarini o‘tkazdi. Bank O‘zbekiston bank sektori vakillari orasida o‘z stendiga ega yagona ishtirokchiga aylandi.

Forum doirasida BNY, Raiffeisen Bank International, ICBC Standard Bank, China Construction Bank, Standard Chartered, Société Générale, Landesbank Baden-Württemberg, Citi Bank va boshqalar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Muhokamalar, shuningdek, vakillik munosabatlari, valyuta va banklararo operatsiyalar, savdoni moliyalashtirish va to‘lov yechimlarini qamrab oldi.

Bankning AQSH bo‘yicha xalqaro dasturi Nyu-Yorkda davom etdi. Bank o‘zining imkoniyatlarini xalqaro auditoriyaga mashhur Times Square ekranlarida e’lon qildi va megapolisning qoq markazida joylashgan ushbu maydonda taqdim etilgan O‘zbekistonning birinchi banklaridan biriga aylandi.

Bank brendining dunyoning eng yirik kompaniyalari safidan joy olishi uning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish hamda global moliya hamjamiyatiga ochiqligini namoyon etishga qaratilgan muhim imij qadami bo‘ldi.

Ijtimoiy mas’uliyat: yoshlar bilimiga sarmoya

III chorakda moliyaviy va texnologik rivojlanish bilan bir qatorda, Octobank ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirdi.

Butunjahon jamg‘armalar kuni — 2026 doirasida Octobank Markaziy bank bilan hamkorlikda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida moliyaviy savodxonlik bo‘yicha ochiq darslar o‘tkazdi. Talabalar bilan shaxsiy byudjetni boshqarish, xarajatlarni rejalashtirish va jamg‘armalarni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

"Yangi O‘zbekiston" universiteti kampusida "Keys-klub" tashkil etilgan bo‘lib, unda talabalar o‘quv nazariyasidan real vazifalarga o‘tishlari va mutaxassislar bilan muloqot qilish orqali bank faoliyati bilan tanishishlari mumkin.

Octobank uchun yoshlarning intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash jamiyat rivojiga uzoq muddatli hissa qo‘shishning muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Yakunlarni sarhisob qilar ekanmiz, 2026-yilning III choragi Octobank uchun muhim bosqich bo‘lib, moliyaviy ko‘rsatkichlarning o‘sishi, bank mahsulotlari va to‘lov infratuzilmasining rivojlanishi, eng muhimi, xalqaro moliya maydonidagi faollikning kengayishi bilan belgilandi.

Поделитесь