Octobank Global Recognition Award 2026 xalqaro e’tirofiga sazovor bo‘ldi
Octobank mijozlarga yo‘naltirilgan yechimlarni rivojlantirish, biznes o‘sishi hamda raqamli moliyaviy ekotizimga qo‘shgan hissasi uchun Global Recognition Award 2026 mukofoti bilan taqdirlandi.
Har yili mukofotga butun dunyodan 15 000 ga yaqin ariza kelib tushadi, biroq ishtirokchilarning atigi 5,8 % e’tirofga sazovor bo‘ladi. Baholash yakunlariga ko‘ra, Oktobank “jahon darajasida” natijasi bilan eng yuqori — 5 ballni qo‘lga kiritdi
Octobank e’tirofi quyidagi asosiy mezonlar bo‘yicha barqaror natijalarga asoslanadi:
daromadning o‘sishi,
mijozlar tajribasi,
raqamli yetakchilik,
xizmat ko‘rsatish sifati.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, Octobank moliyaviy muvaffaqiyat va ijtimoiy mas’uliyatni birga uyg‘unlashtirgani bilan ajralib turadi hamda o‘zining o‘sishini oddiy bir g‘oyaga asoslaydi: bank xizmatlari barcha uchun sodda, tezkor va qulay bo‘lishi kerak. Octobank operatsion modeli tezkorlik va moslashuvchanlikka asoslanadi, uning xayriya dasturlari va moliyaviy qamrov bo‘yicha tashabbuslari – nafaqat biznes, balki mintaqaning ijtimoiy rivojlanishida muhim ishtirokchi sifatidagi rolini ham kuchaytiradi.
«Octobank yuqori o‘sish, mijozlar uchun qulaylik va haqiqiy ijtimoiy mas’uliyatni uyg‘unlashtirgan holda, jahon darajasidagi tashkilotga yorqin misol bo‘la oladi — bunday natijaga barcha moliyaviy institutlar ham erisha olmaydi», — dedi Global Recognition Awards vakili Alex Sterling.
Global Recognition Award mukofoti haqida
Global Recognition Award — kompaniyalar, tashkilotlar va yetakchilarga ulkan yutuqlar, innovatsiyalar va soha rivojiga qo‘shgan hissasi uchun beriladigan xalqaro mukofot. Mukofot 2023-yildan beri taqdim etiladi va dunyoning turli mamlakatlari va iqtisodiyot sohalaridan ishtirokchilarni qamrab oladi.