Octobank to‘lov kartalari xavfsizligi bo‘yicha xalqaro standartga muvofiqligini tasdiqladi
Octobank yillik audit yakunlariga ko‘ra to‘lov kartalari ma’lumotlarini himoya qilish bo‘yicha dunyoning yetakchi standartlaridan biri — PCI DSS v4.0.1 (Payment Card Industry Data Security Standard) talablariga muvofiqligini tasdiqladi.
Bu natija bankning to‘lov kartalari ma’lumotlarini saqlash, qayta ishlash va uzatish jarayonlari xalqaro axborot xavfsizligi talablariga to‘liq javob berishini hamda mijozlarning karta ma’lumotlari ishonchli himoya qilinishini tasdiqlaydi.
PCI DSS — Visa, Mastercard, American Express, Discover va JCB xalqaro to‘lov tizimlari tomonidan ishlab chiqilgan hamda butun dunyo bo‘ylab moliyaviy tashkilotlar uchun qo‘llaniladigan axborot xavfsizligi standartidir. Mazkur standart karta egalarining ma’lumotlari maxfiyligi, yaxlitligi va mavjudligini ta’minlash, shuningdek, ularni noqonuniy foydalanish va kiberxavflardan himoya qilishga qaratilgan
Yillik audit natijalariga ko‘ra Octobank PCI DSS v4.0.1 xalqaro standartiga muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritdi. Sertifikat mustaqil auditor Compliance Control Ltd. tomonidan taqdim etildi.
Mazkur yutuq bankning axborot xavfsizligini doimiy ravishda takomillashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda xalqaro standartlarga mos xavfsiz bank xizmatlarini taqdim etish borasidagi izchil faoliyatining yana bir muhim tasdig‘idir.
Octobank bundan buyon ham mijozlar ishonchini mustahkamlash, raqamli xizmatlar xavfsizligini yanada rivojlantirish va har bir moliyaviy operatsiyaning ishonchliligini ta’minlash yo‘lida faoliyatini davom ettiradi.