Octobank «Global Money Week 2026» tashabbusini boshladi
Bugungi kunda moliyaviy savodxonlik — ertangi ishonchli avlod poydevoridir!
Octobank yoshlar bilan bevosita ishlab, ularga ishonchli kelajak uchun bilim va amaliy ko‘nikmalarni taqdim etmoqda. Yaqinda bank jamoasi Olmazor tumanidagi «Renessans School» maktabida o'quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘quvchilar quyidagilarni bilib oldilar:
🔹 shaxsiy budjetni qanday boshqarish;
🔹 moliyaviy qarorlarni qanday qabul qilish;
🔹 kelajakni qanday rejalashtirish.
Faol ishtirok etgan o‘quvchilar bank tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
«Moliyaviy savodxonlik — bu orzularni maqsadga, maqsadlarni esa natijaga aylantiradigan muhim ko‘nikma. Uni qanchalik erta o‘zlashtirish boshlansa, kelajak shunchalik mustahkam quriladi», — deya ta’kidladi bank vakili Sardor Karimov.
«Global Money Week 2026» tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda va yosh avlodning barqaror kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlash maqsadida boshqa ta’lim muassasalarida ham davom ettiriladi.
