Octobank Janubiy Koreyadan HUMO kartalariga E9PAY orqali pul o‘tkazmalarini yoʻlga qoʻydi
Janubiy Koreyadan pul oʻtkazmalari yanada qulaylashdi. Octobank E9PAY mobil ilovasi orqali pul mablag‘larini qabul qilishni yoʻlga qoʻydi. Endi foydalanuvchilar HUMO kartalariga bevosita pul joʻnatishlari mumkin — tez, qulay va bir zumda.
Bank xalqaro pul oʻtkazmalari boʻyicha hamkorlik tarmog‘ini kengaytirib, mijozlarga dunyoning turli mamlakatlaridan qulay moliyaviy operatsiyalardan foydalanish imkoniyatini yaratmoqda.
E9PAY tezkor onlayn oʻtkazmalar xizmati — ilovaning o‘zida bir necha klik orqali xalqaro pul oʻtkazish uchun qulay va talabgir yechimdir. Octobank bunday operatsiyalarni qabul qilish va qayta ishlashda ishonchli hamkor boʻlib, tranzaksiyalarning barqarorligi, xavfsizligi va tezligini ta’minlaydi.
Qanday yuboriladi:
Agar Janubiy Koreyada boʻlsangiz, E9PAY ilovasini oching
Bosh ekranda "Pul oʻtkazmalarini yuborish" boʻlimini tanlang
Yangi qabul qiluvchini qoʻshing
Belgilangan mamlakatni (Oʻzbekiston) koʻrsating va "2-usul"ni tanlang
Oluvchining ma’lumotlarini (F.I.Sh., karta raqami) va oʻtkazma maqsadini kiriting
Summani KRWda ko‘rsating
Oʻtkazmani qabul qilinadigan summani hisobga olgan holda tasdiqlang
Tayyor - pul darhol qabul qiluvchida!
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Octobank Xitoyda mashhur Alipay+ toʻlov xizmati orqali toʻlovlarni amalga oshirish imkonini bergan va uni birinchilardan boʻlib oʻzining mobil ilovasiga integratsiya qilgan edi. Xalqaro toʻlov yechimlarini rivojlantirish bankning transchegaraviy operatsiyalar imkoniyatlarini kengaytirish va butun dunyo boʻylab mijozlar uchun qulaylikni oshirish strategiyasining muhim qismi boʻlib qolmoqda.