14.08.2026

Meksika pesosidan Polsha zlotisigacha: Octobank xalqaro hisob-kitoblarni 16 ta jahon valyutasiga qadar kengaytirdi

Octobank xalqaro hisob-kitoblar uchun valyutalar sonini 16 taga yetkazdi —Meksika pesosidan tortib Polsha zlotisigacha

Endilikda Octobank mijozlari bo’lgan yuridik shaxslar — 16 ta asosiy valyutada — G16da konversion operatsiyalarni amalga oshirishlari va to‘lovlarni o‘tkazishlari mumkin.

G16 asosiy savdo yo‘nalishlari bo‘lgan — Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq, Shimoliy Amerika va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi valyutalarini o‘z ichiga oladi: AED, CNH, SGD, EUR, GBP, CHF, PLN, CZK, SEK, NOK, DKK, CAD, MXN, AUD, NZD va JPY.

Biznes uchun bu xorijiy hamkorlar bilan bevosita tashqi savdo shartnomasi valyutasida hisob-kitob qilish imkoniyatinidir.

«Xalqaro savdo tobora ko‘p valyutali bo‘lib bormoqda. Kompaniyaning Xitoyda yetkazib beruvchisi, BAAda hamkori va Yevropada mijozi bo‘lishi mumkin — ularning har biriga o‘z valyutasida hisob-kitob kerak bo‘ladi. Shuning uchun zamonaviy bankning vazifasi shunchaki xalqaro to‘lovlarni amalga oshirish emas, balki biznesga turli bozorlar bilan qulay ishlash imkonini beruvchi infratuzilmani yaratishdir. Agar bank kompaniyaga tezroq harakatlanishida yordam bersa, demak, u haqiqatan ham ishonchli hamkor hisoblanadi», — deya ta’kidladi Octobank Boshqaruvi raisining o‘rinbosari Bahodir Mirzayev.

Onlayn — hisob-kitoblar

Konversiya operatsiyalari va xalqaro to‘lovlar Octobank internet-banking orqali amalga oshiriladi. Mijoz filialga tashrif buyurishi shart emas: ariza berish va operatsiyani amalga oshirish raqamli formatda amalga oshirilad.

Octobank — biznes ishonch bilan olg‘a intilishi, yangi bozorlarni zabt etishi va rivojlanishi uchun ishonchli hamkor. Birgalikda — natija sari.

Поделитесь