11.09.2026

Silk Road Finance & Technology Forum 2026: Octobank ishtiroki yakunlari

24–26-avgust kunlari Toshkent shahrida Silk Road Finance & Technology Forum 2026 bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonda ilk bor tashkil etilgan forum dunyoning turli mamlakatlaridan 2 000 dan ortiq moliya va texnologiya sohasi vakillarini bir maydonda jamladi.

Octobank forumning asosiy hamkori sifatida ishtirok etdi va xalqaro auditoriyaga bankning yetti departamenti faoliyati, moliyaviy va texnologik infratuzilma, raqamli xizmatlar, ekvayring, Open Banking hamda transchegaraviy to‘lovlar yo‘nalishidagi yechimlarini taqdim etdi.




Uch kun davomida Octobank stendida bank ekspertlari biznes, bank va fintech sohasi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, amaldagi yechimlar, yangi loyihalar va hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Forumning muhim voqealaridan biri «Building the Open Ecosystem — Rails, Capital & the Rules That Connect Markets» mavzusidagi xalqaro panel muhokamasi bo‘ldi. Unda Octobank Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari Roman Tretyakov ishtirok etib, ochiq moliyaviy ekotizimlar, texnologik infratuzilma va bozorlar o‘rtasidagi integratsiyani rivojlantirish bo‘yicha bank pozitsiyasini taqdim etdi.

Octobankning raqamli platformasi haqida so‘z yuritar ekan, Roman Tretyakov quyidagilarni ta’kidladi:

«Bizning raqamli platformamiz bank hamkorlarini tezkorlik bilan ulash va foydalanuvchilarga yangi raqamli xizmatlarni taqdim etish imkonini beradi. Bu avval mavjud bo‘lmagan yangi funksional imkoniyat bo‘lib, hamkorlik ko‘lamini sezilarli darajada kengaytiradi. Bugungi kunda platformaga bir qator yangi hamkorlar ulanmoqda va ular o‘z xizmatlarini mijozlarga muvaffaqiyatli taqdim etmoqda».

Octobank bugungi kunda O‘zbekiston va xorijiy bozorlardagi qator moliyaviy tashkilotlarning infratuzilmaviy hamkori hisoblanadi. Hamkorlar orasida Paynet, BRB, Anorbank, Asia Alliance Bank, Tojikiston Taraqqiyot Banki, Monox+ va boshqa tashkilotlar bor.




Forum davomida Octobank stendi eng faol maydonlardan biriga aylandi. Dastlabki ikki kunning o‘zida ishtirokchilar o‘rtasida 2 ta iPhone 17 PRO MAX, 300 ta g‘ilofda esdalik tangalar va 1 000 dan ortiq brendlangan sovg‘alar o‘ynaldi va topshirildi.






Forum Octobank va bozor uchun qanday imkoniyatlar yaratdi?

Silk Road Finance & Technology Forum 2026 Octobank uchun xalqaro aloqalarni mustahkamlash, bank ekspertizasini keng auditoriyaga namoyish etish va yangi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash imkonini berdi.

Forum banklar, fintech kompaniyalari va texnologik hamkorlar o‘rtasidagi bevosita muloqotni kuchaytirib, moliya sektorini rivojlantirishga qaratilgan amaliy yechimlarni muhokama qilish uchun muhim maydonga aylandi.




Octobank uchun bu — Markaziy Osiyoda ochiq, texnologik va integratsiyalashgan moliyaviy infratuzilmani rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamdir. Forum davomida shakllangan yangi aloqalar va hamkorlik yo‘nalishlari esa kelgusida ham izchil davom ettiriladi.

Поделитесь