Telefoningizga birin-ketin SMS-kodlar kelyaptimi? Ehtiyot bo‘ling!
Bir necha daqiqada telefoningizga o‘nlab SMS-xabarlar keldi. Ko‘p o‘tmay, kimdir qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini mobil operator xodimi deb tanishtirdi va SMS-kodni so‘radi. Go‘yoki bu orqali xabarlar oqimini to‘xtatish mumkin emish.
Aslida, firibgarlar akkauntingizga kirish uchun kodingizni qo‘lga kiritmoqchi!
Bunday vaziyatda:
🔹 SMS-kodni hech kimga aytmang — hatto o‘zini operator yoki bank xodimi deb tanishtirsa ham.
🔹 Qo‘ng‘iroqni yakunlang. Kelgan xabarlardagi havolalarni ochmang.
🔹 Mobil operator yoki bankka faqat rasmiy raqami orqali o‘zingiz bog‘laning.
🔹 Agar kodni aytib qo‘ygan bo‘lsangiz, darhol tegishli xizmatga murojaat qiling, akkaunt parolini almashtiring va boshqa qurilmalardagi faol seanslarni yakunlang.
Yodda tuting: SMS-kod — tasdiqlash kaliti. Uni boshqalarga berish orqali akkauntingizga kirish imkonini yaratib qo‘yishingiz mumkin.
Yaqinlaringizni ham ogohlantiring!