13.01.2025

2024-yilning IV choragi bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tahlili

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuniga, shuningdek, Markaziy bankning “Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklari faoliyatiga qo‘yilgan minimal talablar to‘g‘risida”gi nizomiga (ro‘yxat raqami 3030, 2018-yil 2-iyul) asosan.

«Octobank» AJda murojatchini bevosita va virtual murojatini qabul qilgan holda, ular ijobiy hal etib kelinmoqda.

Bank tomonidan tasdiqlangan qabul jadvaliga muvofiq, Boshqaruv a’zolari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish tashkil etilgan. Asosan, murojaatchilar plastik kartalar bilan operatsiyalar, kreditlar va naqd pullar masalalariga oid savollar bilan murojaat qilishadi.

2024-yilning IV choragi davomida bankga 44 ta murojaat kelib tushgan. Shundan:

• 40 ta murojaat – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali,

• 3 ta murojaat – murojaat.gov.uz portali orqali,

• 1 ta murojaat – eksport.epauzb.uz portali orqali kelgan.

Bankga kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyati bank kartalari, kredit, bankomat va pul o'tkazmasi yuzasidan. Bundan tashqari, bank faoliyatiga aloqador bo'lmagan murojaatlar ham kelib tushmoqda. Bunday vaziyatlarda bank fuqaroga huquqiy ma'lumotlar taqdim etgan holda murojaatni mos keluvchi o'rgan yoki tashkilotga yonaltirmoqda.

«Octobank» AJ murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonini doimiy ravishda nazorat qilib, ularning to‘liq, xolis va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi.

Поделитесь