Firibgarlar o‘zlarini Octobank deb tanishtirmoqda

Firibgarlar o‘zlarini Octobank deb tanishtirmoqda

Biz sizga ishonamiz, ammo eslatib o‘tamiz: yutuqli o‘yinlar, aksiyalar haqidagi e’lonlarni ko‘rganda yoki shubhali akkauntlardan xabarlar olayotganda, hatto ular ishonarli ko‘rinsa ham, hushyor bo‘ling.

⚠️ Suratdagi akkauntlar — bu firibgarlar. Ular o‘zlarini Octobank deb ko‘rsatishga harakat qilishmoqda, ammo ularning bizga hech qanday aloqasi yo‘q.

Buni bilish muhim:

— Octobank hech qachon aksiyalarda ishtirok etish uchun oldindan to‘lov yoki shaxsiy ma’lumotlarni berishni talab qilmaydi.

— Bizning barcha yutuqli o‘yinlarimiz va aksiyalarimiz faqat rasmiy sahifalar va ilovada e’lon qilinadi.

O‘zingizni himoya qilish uchun:

— Notanish odamlarga pul o‘tkazmang.

— Karta rekvizitlaringiz va tasdiqlash kodlarini hech kimga bermang.

— Ma’lumotlarni rasmiy manbalarda tekshirib ko‘ring.

Bizning rasmiy kanallarimiz:

— Telegram: t.me/Octobank_AJ

— Instagram: instagram.com/octobank_aj/

— Facebook: facebook.com/octobank.aj/

—Octo-Mobile ilovasi: onelink.to/xre6sp

Agar shubha qilayotgan bo‘lsangiz, bizga murojaat qiling:

— Telegram: t.me/octobanksupport

— Call-markaz: +998 71 202-33-33

Biz doim yordam berishga va istalgan savolga javob berishga tayyormiz. O‘zingizni va ma’lumotlaringizni ehtiyot qiling

Поделитесь