Pulni “yostiq tagida” saqlash — bu xavfsizlik emas, bu xomxayol
Uyda naqd pul saqlash — bu qulay va ishonchliday tuyuladi: chunki pul doimo qo‘l ostida. Biroq, aslida — bu mablag‘larni saqlashning eng zaif usulidir. Bunday pul vositalari himoyalanmagan, daromad keltirmaydi va inflyasiya tufayli o‘z qiymatini yo‘qotib boradi.
Joriy yilning iyun oyida O‘zbekiston Markaziy banki aholining moliyaviy xulq-atvori va jamg‘arish faolligi bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 14,2 ming nafar respondentning deyarli 40 foizi umuman jamg‘armaga ega emas.
Omonatga pul qo‘yadiganlarning 23%, naqd pulda, 23% —bank kartalarida va 20% — omonat hisoblarida pul saqlaydi.
Shu bilan birga:
- 15% kundalik to‘lovlarni faqat naqd pulda amalga oshiradi;
- 33% — bank kartalari orqali;
- 52% ikkala usuldan ham foydalanadi.
Naqd pulni afzal ko‘radiganlarning eng katta ulushi — Andijon, Jizzax, Namangan, Navoiy va Samarqand viloyatlarida.
O‘zbekistonliklar hali ham naqd pulni tanlashining sabablari quyidagicha:
— “yonida saqlash” odati;
— moliyaviy vositalarga ishonchsizlik;
— xarajatlar va jamg‘armalarni rejalashtirish ko‘nikmasining yo‘qligi.
Markaziy bank tomonidan keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib, ta’kidlaymiz:
Bankdagi mablag‘lar— bu nafaqat xavfsizlik, balki ularni ko‘paytirish imkoniyati hamdir.
Octobankda jamg‘armalaringiz himoyalangan, o’z qimmatini saqlab qoladi va uy-joy sotib olishdan tortib farzandingizning ta’lim olishigacha bo‘lgan katta maqsadlarni amalga oshirishga yordam beradi!
Kichik miqdordagi mablag‘larni ham muntazam ravishda jamg‘arish va bank vositalaridan foydalanish orqali o‘zingizga haqiqiy “xavfsizlik yostig‘i” va ertangi kunga ishonch yaratishingiz mumkin.