02.09.2025

Moliyaviy tartibni yo‘lga qo‘yish: Octobank tavsiyalari

«Maoshdan maoshgacha» yashashdan charchagan Nasiba misolida tushuntirib beramiz.

Nasiba 28 yoshda. U o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi, Toshkentda ijarada yashaydi va bir necha oydan beri ichki xavotirni his qilmoqda: Puli kunma-kun yetib turibdi, ortig‘i yo‘q, ta’til va yangi texnikani orzu qilishga ham imkoni yo‘q. U ko‘p eshitgan, ammo doim keyinga surgan narsasini: shaxsiy byudjetini yuritishni boshlashni sinab ko‘rishga qaror qildi.

Agar siz ham pul qayerga ketayotganini bilmay qolayotgan bo‘lsangiz va moliyangizni qanday boshqarishni bilmasangiz — Nasiba bilan birga boshlang.


1-qadam. Maqsadni aniq qo‘ying

Byudjetni yuritish o‘zi nima uchun zarur? Pulni ongli ravishda sarflash, muhim narsalarga jamg‘arish va qarzga botmaslik uchun. Ishni aniq maqsadlarni belgilashdan boshlash osonroq.

Nasiba kechqurun daftarini olib o‘tirdi va yozdi:



  • Ta’til uchun 5 mln so‘m jamg‘arish;

  • Yangi noutbukga pul ajratish — 6 oyda 8 mln so‘m;

  • Kutilmagan xarajatlar uchun 3 mln so‘m zaxira yaratish.

Bu unga xarajatlarni nima uchun hisob-kitob qilish kerakligini tushunishga yordam berdi.


2-qadam. Hisob-kitobning qulay usulini tanlang

Buning uchta asosiy yo‘li bor:

  1. Daftar yoki bloknot — agar qo‘lda yozishni yoqtirsangiz mos keladi.

  2. Elektron jadvallar (Google jadvali yoki Excel) — agar moslashuvchan nazoratni xohlasangiz, qulay.

  3. Mobil ilovalar — masalan, CoinKeeper yoki «Dzen-Mani».

Nasiba quyidagilarni tanladi:

U CoinKeeper ilovasini o‘rnatdi, u yerga oziq-ovqat, transport, telefon to‘lovlari uchun qancha sarflayotganini kiritib bordi. Qo‘shimcha tarzda —  u xarajatlarni qo‘lda yozib borish va uzoq muddatli rejalashtirish uchun Google jadvalini ishga tushirdi.

3-qadam. Daromadlarni muntazam yozib boring

Bular:

  • Oylik maosh;

  • qo‘shimcha ishlar;

  • qarindoshlardan pul o‘tkazmalari;

  • mukofot va bonus pullari;

Nasibada quyidagicha:



  • Ish haqi: 6,5 mln so‘m;

  • Dam olish kunlari repetitorlik: 1 mln so‘m;

  • Oilasidan pul o‘tkazmalari— oyiga yana 500 ming atrofida.

Ilgari u o‘zining «arzimagan» qo‘shimcha ishi — bu byudjetining to‘rtdan bir qismi ekanligini xayoliga ham keltirmasdi.

4-qadam. Xarajatlarni toifalarga bo‘ling

 Xarajatlarni bloklarga bo‘ling:

  • Majburiy: uy-joy, oziq-ovqat, transport, dori-darmon, aloqa;

  • Qo‘shimcha: kafe, kino, taksi, kiyim-kechak;

  • Kutilmagan va yashirin xarajatlar: obunalar, jarimalar, uyga qaytishda olinadigan qahva

Nasibada qanday natija bo‘ldi:



  • Ijara haqi: 3 mln

  • Oziq-ovqat uchun: 1,4 mln

  • Taksi va transportga: 600 ming

  • Sovg‘alar va kutilmagan xarajatlar: 1 mln

Avvallari u har kuni ertalab qahvaga 15–20 ming so‘m sarflayotganini sezmasdi — bu oyiga 400 ming so‘mdan ham ko‘p degani.

5-qadam. Zaxiralar haqida ham unutmang

Hatto daromad kam bo‘lsa ham, 5-10% ini «qora kunga» jamg‘arish kerak:

  • bankdagi alohida hisob raqamiga;

  • yoki hech bo‘lmaganda uyda konvertga.

Nasiba alohida jamg‘arma hisob raqamini ochdi va oyiga 500 ming so‘mlik avtomatik pul o‘tkazmasini uladi. 6 oy ichida 3 million bo‘ladi — aynan kutilmagan xarajatlar uchun.

6-qadam. Oylik tahlil olib boring

  • Xarajatlarni oylar bo‘yicha taqqoslang;

  • Qayerda qisqartirish mumkinligini ko‘rib chiqing (masalan, obunalar yoki tez-tez ovqat yetkazib berish);

  • Maqsadlarga erishish borasidagi yutuqlarni belgilang.

Nasiba bir oydan keyin:



  • Birinchi marta 800 ming so‘mni jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi;

  • Taksi xarajatlarini kamaytirdi;

  • Tushundiki, «och-nahor» qolmasdan ham jamg’arishni iloji bor

7-qadam. O‘zingizga xato qilishga ruxsat bering

Kunlik barcha xarajatlarni yozib ololmadingizmi? Pul o‘tkazmasini unutdingizmi? O‘zingizni ayblamang. Shunchaki «O‘tkazib yuborilgan xarajatlar» degan alohida bo‘lim yarating va unga taxminiy summani kiriting. Eng muhimi — davom ettirishdir.

Nasiba ba’zida bozor xaridini kiritishni unutib qo‘yadi, lekin kechqurun shunchaki summani yaxlitlab, "naqd pul - bozorga" deb yozib qo‘yadi. Shunda u o‘zini ayblamaydi va ritmini ham yo‘qotmaydi.

8-qadam. O‘yin elementini kiriting

Shunda hisob yuritish qiziqarliroq bo‘ladi.

  • Haftada kamida bir marta «ovqat va transportdan boshqa hech narsaga pul sarflamaslik»ni o‘zingizga vazifa qilib qo‘ying — buni «pul detoksi» deb atang.

  • Hisob yuritishning har bir kuni uchun kataklarni bo‘yaydigan treker yarating.

  • «Tayyor ovqat yetkazib berish» toifasidagi xarajatlarni 20% ga kamaytirish bo’yicha o‘zingiz bilan musobaqa tashkil qiling

Nasiba muzlatgichga rangli xarajatlar trekerini ilib qo‘ydi va har kuni kvadratlarni bo‘yaydi — bu xuddi maktab kundaligiga o‘xshaydi, lekin moliyaviy masalalar bo‘yicha. Ham zavqli, ham foydali. Seshanba kunlari esa o‘ziga pul detoksini uyushtiradi — pulni faqat yo‘l va tushlikka sarflaydi.

Oradan uch oy o‘tdi. Nasiba endi:

  • byudjetni ishonch bilan yuritadi;

  • deyarli 2,4 mln so‘m pul jamg‘ardi;

  • Samarqandga sayohatga tayyorgarlik ko‘rmoqda va yangi noutbukni muddatli to‘lov sharti bilan olishni mo‘ljallab qo‘ygan.

U moliyada profi bo‘lmasa-da, endi pullarni behuda sarflanmayotganini his qilmoqda. Demak — barchasi behuda emas. Siz ham bunga erisha olasiz. Nasiba kabi, shunchaki bitta varaq yoki ilovadan boshlang. Pulni boshqarish — bu qat’iylik haqida emas, balki

Поделитесь