Octobankka qanday murojaat yuborish mumkin: aloqa kanallari va ko‘rib chiqish tartibi
Bugungi kunda «Octobank» AJda jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlar O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq ravishda ko‘rib chiqilmoqda va belgilangan tartibda hal etilmoqda.
«Octobank» AJga kelib tushayotgan murojaatlar, asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining murojaat.gov.uz portali, Markaziy bank va Bosh prokuraturaning Ishonch telefonlari orqali yo‘llanmoqda. Shuningdek, fuqarolar bankning Amaliyot boshqarmasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashrif buyurib, og‘zaki yoki yozma shaklda murojaat qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Har bir murojaat yuzasidan bank mas’ul xodimlari tomonidan murojaatchi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish orqali qo‘shimcha ma’lumotlar olinmoqda va murojaat mazmuni fuqaro ishtirokida batafsil o‘rganilmoqda.
Bankga kelib tushayotgan murojaatlar tahlil qilinib, mijozlarning fikr va takliflari asosida tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. «Octobank» AJ mijozlarini o‘ylantirayotgan masalalarni chuqurroq o‘rganish hamda ularning har bir fikrini inobatga olish maqsadida rasmiy veb-sayt va Ishonch telefonlari orqali murojaatlarni qabul qilmoqda.
Fuqarolar o‘z murojaatlarini info@octobank.uz elektron pochtasi, 71 202-10-01 Ishonch telefoni yoki www.octobank.uz veb-sayti orqali yuborishlari mumkin.