20.08.2025

Mikroqarzni qachon olish maqsadga muvofiq: Octobank tahlili

Mikroqarz — agar ongli ravishda foydalanilsa, bu foydali moliyaviy vosita. Uning yordamida muhim narsalar va xizmatlarni xarid qilish hamda maqsadlarga tezroq erishish mumkin. Ammo ba’zida u, aksincha, moliyaviy axvolni yanada qiyinlashtiradi. Octobank qachon mikroqarz olish joizligi va qachon undan voz kechish maqbulligini ko’rib chiqadi.

Qachon mikroqarz olish to’g’ri qaror?

  1. Kerakli narsaga mablaq’ yetmay qolganda

Gap muhim xaridlar haqida ketyapti: ipoteka, ta’mirlash ishlari, davolanish, ish quroli. Masalan, muzlatkich buzilib qoldi, albatta usiz ish bitmaydi, yangisiga pul jamg‘arish esa hozircha imkonsiz. Bunday vaziyatda mikroqarz xaridni keyinga qoldirish o‘rniga, uni hozir va shu yerda xal qilishga yordam berishi mumkin.

  1. Narxlar ko‘tarilib, pul jamg’arish foydasiz bo‘lganda

Tovar yoki xizmat narxi tez ko‘tarilayotgan bo‘lsa, ba’zida ularni hoziroq kreditga sotib olish manfaatliroq bo‘ladi. Hatto foizlarni hisobga olgan holda ham, umumiy xarajatlar arzonroq chiqishi mumkin.

  1. Aksiya yoki chegirmadan foydalanish imkoniyati bo’lsa

Agar zudlik bilan maishiy ish quroli zarur bo‘lib qolsa-yu, do‘konda chegirma bo‘lsa, uni hoziroq mikroqarz yordamida sotib olish manfaatliroq bo‘ladi. 

Qachon mikroqarz olmagan ma’qul

  1. Daromadingizdan ishonchingiz komil bo’lmasa

Agar sizda muntazam daromadga ega bo’lmasangiz, moliyaviy zaxirangiz bo‘lmasa, va boshqa kreditlar bor  bo’lsa, qo‘shimcha moliyaviy yuk to‘lovlarning kechikishi va jarimalarga olib kelishi mumkin.

  1. Bir maoshdan keyingisigacha pul yetishmovchiligi bo’lsa

Agar sizga ko‘pincha keyingi maoshgacha pul yetishmasa — mikroqarz vaziyatni yanada og‘irlashtirishi mumkin. 

  1. Qarzning borligi asabiylashishni keltirib chiqarsa

Bunday holda, boshqa yechimlarni izlagan yaxshiroq: jamg‘arish, xarid uchun boshqa muqobil variantlarini izlash yoki shunchaki kutish. Moliyaviy xotirjamlik xuddi buyumning o‘zi kabi muhim.

Baribir mikroqarz kerak bo‘lsa-chi?

Agar siz mikroqarz haqiqatan ham kerak deb qaror qilsangiz, tushunarli va shaffof shartlarni tanlang. Octobankning shunday mahsuloti bor — va u haqida bilish muhim bo‘lgan narsalar:

Asosiy shartlar:

  • Miqdori: 4 dan 100 mln so‘mgacha

  • Muddati: 12, 24 va 36 oy

  • Stavka: 37,9% yillik (annuitet ko’rinishda)

  • Komissiya: yo‘q

  • To‘lov: teng oylik to‘lovlar bilan

  • Pul o’tkazish: bank ofisida Octobank kartasiga o‘tkazish orqali

Talablar:

  • O‘zbekiston fuqaroligi

  • Yoshi 20 dan 60 yoshgacha

  • Doimiy ro‘yxatdan o’tganligi tasdiqlovchi ma’lumotnoma

  • Umumiy ish staji 6 oydan, so’nggi ish joyida — 3 oydan ortiq

  • Telefon raqami mavjudligi, ПИНФЛ

  • Moliyaviy yuklama 50% dan oshmasligi kerak.

 Qo’shimcha shartlar bilan batafsil sayt orqali tanishish mumkin

 

“Agar sizda maqsad, hisob-kitob va resurslar bo‘lsa, mikroqarz sizga foyda olib keladi. Agar u moliyaviy intizom o‘rnini egallasa aksincha xavfli bo‘lib qoladi. Asosiysi — o‘z imkoniyatlarini xolis baholash va shoshilinch qarorlar qabul qilmaslik.” – deya ta’kidlaydi Octobank.

 

Поделитесь