11.09.2025

KPMG Octobank komplayens funksiyasi dizaynini tahlil qildi

"Octobank" AJ va "KPMG Audit" MCHJ o‘rtasidagi kelishuv doirasida 2025-yilning mart-iyul oylarida bankka jinoiy daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga (JFD/TM) qarshi kurashish funksiyasi dizayni, shuningdek, bankning sanksiyaviy komplayens tizimi dizayni bo‘yicha konsalting xizmatlari ko‘rsatildi.

Mustaqil konsalting quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oldi:

  • ichki nazorat tizimini loyihalash va uni bankning tavakkalchilik darajasiga muvofiq ravishda rivojlantirish;

  • JFD/TM sohasidagi tashkiliy tuzilma;

  • tavakkalchilikka asoslangan yondashuvni qo‘llash;

  • mijozlar bazasi va yuqori xavfli va ta’sirchan biznes turlari bilan ishlash;

  • mijozlarni qabul qilish siyosati va onboarding tartibi;

  • mijozlar haqidagi ma’lumotlar chuqurlashtirilgan tekshiruvini (EDD) o‘tkazish va davriy ravishda qayta ko‘rib chiqish jarayoni;

  • tranzaksiyalarni monitoring qilish va shubhali harakatlarni aniqlash;

  • sanksiyaviy komplayens tizimini shakllantirish va "oq ro‘yxatlar" bilan ishlash;

  • Siyosiy ahamiyatga ega shaxslarga nisbatan siyosat (PEP) va benefitsiar egalarini identifikatsiyalash (UBO);

  • mablag‘larning kelib chiqishini tekshirish tartibi va offshor mijozlar bilan o‘zaro munosabatlar.

Tekshiruv natijalari

Yuqori darajadagi tahlil doirasida amaldagi milliy qonunchilik, alohida xalqaro standartlar va yetakchi bozor amaliyotlarini inobatga olgan holda, bankning JFD/TM funksiyalari dizayni va sanksiyaviy komplayens tizimi baholandi.

Tekshirilgan hududlarda jiddiy qoidabuzarliklar aniqlanmadi.

KPMG tomonidan bank JFD/TM funksiyasi dizayni va sanksiyaviy komplayens tizimining samaradorligi hamda nazorat qilinishini oshirish maqsadida ularni potensial takomillashtirish bo‘yicha bir qator tavsiyalar berildi.

KPMG tavsiyalari:

  • komplayens-xavflarni boshqarish tizimini mustahkamlash;

  • ichki sinov va monitoring jarayonlarini shakllantirish;

  • sanksiyalar monitoringi jarayonlarini yanada rivojlantirish, shu jumladan "oq ro‘yxatlar" amaliyotini joriy etish;

  • ichki audit va sanksiyaviy komplayensni tekshirishning takomillashtirilgan metodologiyasidan foydalanish.

O‘tkazilgan komplayens funksiyasi dizaynining mustaqil tahlili – bank rivojlanishining muhim bosqichi bo’lib, JFD/TM qarshi kurashish hamda sanksiyaviy komplayens tizimining samaradorligi, shaffofligi va ishonchliligini yanada oshirish imkonini beradi, shuningdek, Octobankning xalqaro nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi.

"Tahlil natijalari ichki nazorat tizimini rivojlantirish bo‘yicha tanlangan strategiyaning to‘g‘riligini tasdiqlaydi. Bu biz uchun nafaqat hozirgi muvofiqlik darajasini baholash, balki kelajakda takomillashtirishimiz uchun muhim mezondir. Octobank mijozlar operatsiyalarining xavfsizligini ta’minlash, hamkorlar ishonchini mustahkamlash va biznes barqarorligini oshirish maqsadida eng ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etishni davom ettiradi ", - dedi Octobank Boshqaruvi a’zosi, ichki nazorat departamenti direktori Abror Ziyavutdinov.

Поделитесь