24.10.2025
Firibgarlar faollashdi — ogoh bo‘ling!
So‘nggi kunlarda Telegram messenjeri firibgarlar uchun qulay vositaga aylangan.
Foydalanuvchilarga shaxsiy xabarlarda xavfli havolalar yuborilmoqda.
Nima sodir bo‘lmoqda:
Foydalanuvchi havolani smartfonida ochadi
Zararli dastur ishga tushadi
Shaxsiy ma’lumotlar va akkauntga kirish yo‘qoladi
Jabrlanuvchi nomidan ushbu havola boshqalarga yuboriladi
Tanishlaringizdan kelgan bo‘lsa ham — shubhali havolalarni ochmang!
Octobank sizni ogohlikka chaqiradi:
Diqqatli bo‘ling
Har qanday ma’lumotni tekshirib chiqing
Tasdiqlanmagan havolalarga o‘tishdan saqlaning
Ma’lumotlaringiz va akkauntingiz xavfsizligini asrang!